Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan ro'zadorlar uchun sog'lom ovqatlanish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos bo'lish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishish mumkin.
Hususan:
- kunduzi havo harorati yuqori bo'lgan paytda salqin va soya joylarda qolish hamda quyoshda uzoq yurmaslik tavsiya etiladi;
- iftorlik va saharlik oralig'ida ko'p miqdorda suv ichish maqsadga muvofiq, chunki kunduzi havo harorati yuqori bo'lishi ko'p ter ajralishiga sabab bo'ladi.
Shu bois kun davomida yo'qotilgan suyuqlik o'rnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa kamida 10 stakan suv ichish tavsiya etiladi.
Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu me'yorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin ho'l mevalar eyish foydalidir.
"Achchiq-chuchuk" salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv ne'matlar hisoblanadi.
Sho'rva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham iste'mol qilish mumkin.
Tarkibida kofein mavjud bo'lgan kofe, choy, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan ma'qul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishi (degidratsiya)ga olib keladi.
Shuningdek, gazlangan shakarli ichimliklar kaloriyaga boy bo'lishini esdan chiqarmaslik zarur.
Kun davomida juda ko'p harakat qilish organizmning ko'p miqdorda suv yo'qotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Ammo kun bo'yi harakatsiz o'tirish ham tavsiya qilinmaydi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Imom Abu Homid G‘azzoliy aytadilar: "Agar Alloh seni mol-dunyodan qisganini, ustingda balo va musibatlarni ko‘paytirganini ko‘rsang, bilginki, sen Uning huzurida azizsan. Uning huzurida darajang bor, seni avliyo va asfiyolari yo‘lida yurg‘izib qo‘ygandir. U seni ko‘rib turgan.
Alloh taoloning: "Robbingning hukmiga sabr qil, albatta sen ko‘z o‘ngimizdasan. Va qoyim bo‘lgan paytingda Robbingni hamdi bilan poklagin", deganini eshitmaganmisan?"