Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: «…yoshlikdan boshlab zehn va idrokimizni quvvatlandurmak uchun aziz umrimizni o‘yin-kulgi, safsata, moloya’ni (ma’nosiz) kabi behuda so‘zlar bilan o‘tkarmay, har xil kitob, g‘azita va jurnallarni o‘qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmak lozimdur» deya ta’kidlagan edi. Haqiqatan, kitob inson uchun ayni xazinadir.
Kecha, 18 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati Qibray tumanida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining «Ey bandalarim... Bir qudsiy hadis sharhi» kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov, tuman va shaharlar bosh imomlari, imom-domlalar ishtirok etdi.
Taqdimotda ushbu asarning bugungi kundagi ahamiyati, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi o‘rni borasida so‘z bordi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati