Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2026   |   21 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:43
Bismillah
06 Iyul, 2026, 21 Muharram, 1448
Yangiliklar

Xalqaro Qur’on musobaqasida vakilimiz qatnashmoqda

25.11.2025   7127   1 min.
Xalqaro Qur’on musobaqasida vakilimiz qatnashmoqda

Joriy yilning 24-29 noyabr kunlari Pokiston Islom Respublikasida o‘tkazilayotgan Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida Toshkent islom instituti bitiruvchi kurs talabasi Saydburxon Fazliddinov ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi tomonidan tavsiya qilingan ushbu vakilimiz yurtimiz sha’nini munosib himoya qiladi, inshaalloh.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalqaro Qur’on musobaqasida vakilimiz qatnashmoqda Xalqaro Qur’on musobaqasida vakilimiz qatnashmoqda Xalqaro Qur’on musobaqasida vakilimiz qatnashmoqda
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Islomda yo‘q...

03.07.2026   24468   1 min.
Islomda yo‘q...

1. Jaholatdan ko‘ra yomonroq faqirlik yo‘q.

2. Aqldan ko‘ra foydaliroq mol yo‘q.

3. O‘ziga bino qo‘yishdan ko‘ra yomonroq yolg‘izlik yo‘q.

4. Maslahatdan ko‘ra ishonchliroq bir-birini qo‘llash yo‘q.

5. Go‘zal xulqdek nasl-nasab yo‘q.

6. O‘zini tiya bilishdek taqvo yo‘q.

7. Tafakkurdek ibodat yo‘q.

8. Balog‘atga yetgandan so‘ng yetimlik yo‘q.

9. Fathdan so‘ng hijrat yo‘q.

10. Omonatga xiyonat qiluvchida iymon yo‘q.

11. Va’dasiga vafo qilmaydigan odamda din yo‘q.

12. Uch kundan ortiq arazlashib yurish yo‘q.

13. Istig‘for bilan gunohi kabira yo‘q.

14. Qur’on o‘qib yurgan banda uchun muhtojlik yo‘q va u uchun Qur’ondan ortiqroq boylik yo‘q.

15. Alloh uchun duodan o‘zga yoqimliroq narsa yo‘q.

16. Zulmdan ham ko‘ra jazosi tezroq keladigan narsa yo‘q.

17. O‘zgalarning och qornini to‘ydirishdan ko‘ra afzalroq amal yo‘q.

Davron NURMUHAMMAD