Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Avgust, 2025   |   13 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:53
Quyosh
05:24
Peshin
12:34
Asr
17:28
Shom
19:37
Xufton
21:01
Bismillah
07 Avgust, 2025, 13 Safar, 1447

Rajab oyi kirib kelmoqda 

11.01.2024   1671   2 min.
Rajab oyi kirib kelmoqda 

Rajab oyi hijriy –qamariy yil hisobining 7 oyi hisoblanadi. Rajab oyining nomlanishidagi “rajab” so'zi   nima ma'noni anglatadi?

“Rajab” so'zi arabcha so'z bo'lib,  u o'zbek tilidagi “qo'rqmoq”, “ulug'lamoq” kabi so'zlarning ma'nolarini ifodalaydi.

Ma'lumki, hijriy-qamariy yil hisobida  to'rtta shahrul-haram oy bo'lib, shulardan biri Rajab oyidir. Rajab oyi shahrul-haram ya'ni Alloh taolo insonlar orasida urush-nizo, janjallarni harom qilgan oydir.

Qadimda Rajab oyi kelsa, bu oyning hurmatidan insonlar o'zaro ixtiloflarni, urush-janjallarni to'xtatganlar. Bu esa Rajab oyi insonlarga xotirjamlik-tinchlik baxsh etadigan oy ekanligiga dalolat qiladi. Halqimiz Rajab oyini hurmatlab bu oyda tug'ilgan bolalarga Rajab deb ismlar qo'yishadi.

Mana xalqimizning “To'rt inog'a” deb ataydigan oylarning to'rtinchisi bo'lgan “Jumadul-oxir” oyi ham oxirlab qoldi. Bu yil 13 Yanvar' shanba kunidan Rajab oyi boshlanadi.

Rajab oyi ko'rinsa, uni barokatli bo'lishini Alloh taolodan so'rab duo qilamiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon yangi chiqqan oyni ko'rsalar shunday duo qilardilar:

 

"اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ وَالتَّوْفِيقِ لِمَا تُحِبُّ وَتَرْضَى رَبُّنَا وَرَبُّكَ اللَّهُ  اللَّهُ أَكْبَر "

“Allohu akbar, Allohumma ahillahu alayna bil-yumni val-iymani, vas-salaamati val-tavfiqi, limaa tuhibbu va tarzo robbuna va robbukalloh ”.

"Allohu Akbar(Alloh buyuk), Ey, Allohim!  Bu oyni bizlarga baraka va imon, salomatlik va Islom va O'zing yaxshi ko'radigan, rozi bo'ladigan narsaga muyassar etish bilan chiqar. Ey, hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!" ( Imom Termiziy va Dorimiy rivoyati).

 

Alloh taolo kirib kelayotgan Rajab oyini barakali oylardan qilsin!

 

Ruhiddin Akbarov,

O'MIning Qashqadaryo viloyatidagi vakillik xodimi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Jannatiylar ko‘chishni istamaslar

06.08.2025   12557   1 min.
Jannatiylar ko‘chishni istamaslar

Bir insonni dunyoda (ko‘p qavatli) uy orzu qilayotganini ko‘rasan.

Agar unga ega bo‘lsa, endi uni hovli-joy orzulayotganini ko‘rasan.

Hovli joyli bo‘lsa, endi uni hashamatli qasrni orzulayotganini ko‘rasan.

Va shu tarz  davom etaveradi. Ya’ni, orzu-havasning cheki yo‘q.


Lekin jannat ahli ...

Jannatda istiqomat qiluvchilar o‘zlari bo‘lib turgan sharoit, holatdan boshqasiga o‘zgarishini istamaslar.

Jannat ahli haqida Allohning ushbu so‘zi bor: Unda mangu qoluvchidirlar va undan ko‘chishni istamaslar (Kahf surasi, 108-oyat).


Allohim bizni jannat ahlidan qilgin!

Izoh: Jannatning darajalari o‘rtasida ulkan tafovut borligiga qaramay, u yerga kirish nasib bo‘lgan har bir inson o‘ziga ato etilgan manzilatga rozi bo‘ladi va boshqa o‘ringa ko‘chishni, o‘zgarishini aslo istamaydi.