Bir hadisda keltirilibdi:
“Shayton yerga quvg‘in qilinganidan so‘ng so‘radi:
– Parvardigoro, meni yerga quvg‘in qilib la’natlading, endi uyim qayer bo‘ladi?
Yaratgan:
– Sening uying hammomdir, – dedi.
Iblis yana:
– Majlisgoh ham ber, – dedi
Parvardigor:
– Majlisgohing bozorlar va odamlar yig‘iladigan yo‘l bo‘ylari, – dedi.
Shayton yana:
– Ovqatim nima bo‘ladi? – deb so‘radi.
Parvardigor:
– Allohning ismi aytilmay yeyilgan taom, – dedi.
Shayton:
– Ichimlik ham ber, – dedi.
Alloh:
– Mast qiluvchi ichimliklarning bari sening ichadigan “suv”ingdir, – dedi.
Shayton yana:
– Mening ham muazzinim bo‘ladimi? – deb so‘radi.
Yaratgan:
Seni muazzining cholg‘u asboblari, – dedi.
Shayton:
– Kitobimchi? – dedi.
Parvardigor:
– Sening kitobing she’ru qo‘shiqlar, – dedi.
Shayton:
– Yozuvim-chi? – deb so‘radi.
Parvardigor:
– Sening yozuving vashm (igna bilan badanga yozish), – dedi.
Shayton:
– Menga kalom ham berasanmi? – deb so‘radi.
Parvardigor:
– Barcha yolg‘onlar sening kaloming bo‘ladi, – dedi.
Shayton:
– Meni elchilarim ham bo‘ladimi? – deb so‘radi.
Alloh:
– Folbinu bashoratchilar sening elchilaring – dedi.
Iblis:
– Menga ilintiradigan tuzoq ham ber, – deb so‘radi.
Alloh:
– Ayollar seni tuzog‘ing bo‘ladi – deb javob berdi” (Abu Umomadan rivoyat qilingan, Tabaroniy rivoyati).
“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.