Azizxo'ja domla Inoyatov
Buxoro shahri "Chor Bakr" jome masjidi imom-xatibi
Alloh taolo Ramazon oyida Qur'oni karimni nozil qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu oyni Qur'on oyi qilib nishonlardilar. O'tgan solihlar ham Qur'onni o'rganish, takrorlash va xatm qilish bilan o'tkazardilar.
Bugun Qur'onga muhabbatli xalqimiz "Oli Imron" surasining 92-oyatidan “Niso” surasi 86-oyatigacha some' bo'ladilar. Inshaalloh
Bugun, 24 mart Ramazon oyining ikkinchi kuni o'qiladigan oyati karimalar mazmunini Buxoro shahri "Chor Bakr" jome masjidi imom-xatibi Azizxo'ja domla Inoyatov qilib beradilar.
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.
Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati