frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Diniy soha oldidagi vazifalar muhokama etildi

15.01.2026   23257   1 min.
Diniy soha oldidagi vazifalar muhokama etildi

2026 yil 15 yanvar kuni Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Besh qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida diniy soha xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qumqo‘rg‘on tuman bosh mutaxassisi Sh.Mamadiyev, “Shoh Mashrab” jome masjidi imomi H.Zayniyev, tuman imomlari, noiblar, otinoyilar va mahalla faollari qatnashdi.


Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.


Shuningdek, 2025 yil davomida diniy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimotlar qilindi va 2026 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq reja va ko‘rsatmalar belgilab berildi.


Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, imomlar va boshqa mas’ullar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Diniy soha oldidagi vazifalar muhokama etildi Diniy soha oldidagi vazifalar muhokama etildi Diniy soha oldidagi vazifalar muhokama etildi Diniy soha oldidagi vazifalar muhokama etildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

17.08.2026   35512   1 min.
Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.

Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.

Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.

G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar