frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Mir Arabda talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchrashuvi o‘tkazildi

17.01.2026   17192   1 min.
Mir Arabda talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchrashuvi o‘tkazildi

Joriy yilning 17 yanvar kuni Mir Arab oliy madrasasida uchrashuv tashkil etildi. Unda Buxoro viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Otabek domla Avezov hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Mazkur tadbir hududiy vakilliklar hamda madrasalar o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. 
 

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning ta’lim jarayoni, yashash sharoitlari, shuningdek, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.


Shu bilan birga, bitiruvchi talabalarni kelgusida hududlarda munosib faoliyat bilan ta’minlash, ularning ilmiy va amaliy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Tadbir yakunida homiylar ko‘magida faol va iqtidorli talabalar rag‘batlantirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Mir Arabda talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchrashuvi o‘tkazildi Mir Arabda talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchrashuvi o‘tkazildi Mir Arabda talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchrashuvi o‘tkazildi Mir Arabda talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchrashuvi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

17.08.2026   41049   1 min.
Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.

Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi


G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari