Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning ta’lim jarayoni, yashash sharoitlari, shuningdek, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
Shu bilan birga, bitiruvchi talabalarni kelgusida hududlarda munosib faoliyat bilan ta’minlash, ularning ilmiy va amaliy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida homiylar ko‘magida faol va iqtidorli talabalar rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati