Xabaringiz bor, mas’ul tashkilotlar hamkorligida to‘y va oilaviy marosimlarda ortiqcha isrofgarchilik, dabdabaga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan "Maromiylik" loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ayni masalada yurtdoshlarimiz, keng jamoatchilikning fikri, qarash va munosabatini o‘rganish, takliflarini olish va umumlashtirish maqsadida maxsus @rmmmvq_bot ishga tushirildi.
Hozirda 24/7 rejimida ishlayotgan mazkur bot orqali ishchi guruhning jamoatchilik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarning fikr-mulohazalari o‘rganilib, takliflar, tavsiyalar hamda e’tirozlar tizimli ravishda yig‘ib borilmoqda.
Agar sizda ham shu masalada fikr va mulohaza, murojaat, takliflar bo‘lsa ushbu botga yuborish
ingiz mumkin!
Har bir fikr biz uchun muhim
Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.
Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.
Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati