frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi

28.01.2026   13476   1 min.
Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi

 Bugun, 28 yanvar kuni Hidoya o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar ishtirokida ma’rifiy-ma’naviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabayev hamda talabalar qatnashdilar.


 Uchrashuvda yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlash, vaqtdan unumli foydalanish va ulug‘ ulamolar hayotidan ibratli misollar orqali sabr, ixlos va doimiy izlanishning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, ta’lim jarayonida mas’uliyatli bo‘lish va ilmni jamiyat manfaati yo‘lida o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


 Tadbir yakunida faol va intizomli 6 nafar talabaning har biriga 5 million so‘mdan, shuningdek, 2 nafar talabaning har biriga 7,5 million so‘mdan pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.


 Shu bilan birga, ta’lim muassasasi rivoji uchun 30 million so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi Ilm yo‘lidagi yoshlar mukofotlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   25331   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari