Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Yangi oyni ko'rib ro'za tutinglar va yangi oyni ko'rib hayit qilinglar”, degan hadisi shariflariga muvofiq, O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tuzilgan Ramazon hilolini kuzatish bo'yicha ishchi guruh tomonidan diyorimizning bir qator hududlaridagi mintaqalarda yangi oyni kuzatish ishlari amalga oshirildi.
Hususan, Muftiy Nuriddin domla hazratlari boshchiligidagi bir guruh ulamolar Toshkent viloyati hududida Ramazon hilolini kuzatish jarayonida ishtirok etdilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan e’lon qilingan "Huquqiy savodxonlik oyligi" doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, maxsus kurslar va seminar-treninglar boshlandi.
Bulardan dastlabkisi 2025 yil 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maxsus kurs Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, Mir Arab oliy madrasasi rektori J.Elov shuningdek, ustoz va talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, Konsepsiyaning ahamiyati, 2025 yil 21 apreldagi "Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan joriy etilgan yangi tizimlar haqida fikrlar bildirildi.