Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida 16 mart kuni rus arablashtirish maktabi asoschisi, akademik “Ignatiy Krachkovskiy” tavalludining 140 yilligi munosabati bilan turli bayram tadbirlari o'tkazilmoqda.
Jumladan, Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasida "Sharqshunoslik professori" nomli ko'rgazma bo'lib o'tadi. Unda professor Krachkovskiyning bevasi Vera Krachkovskiy tomonidan kutubxonaga tuhfa etilgan nashrlar va akademikning ilmiy ishlari namoyish qilinadi.
Shu bilan bir qatorda Vera Krachkovskiy Rossiya musulmonlari idorasi kutubxonasi ixtiyoriga professor Krachkovskiyning kitoblar javonidagi 20 ming ta kitobni topshiradi.
Rossiya Milliy kutubxonasi rahbari Vladimir Gronskiyning aytishicha, Rossiya musulmonlari diniy idorasi buyuk rus allomasi xotirasi va uning merosini abadiylashtirishga hissa qo'shayotgan barcha ishlarni qo'llab-quvvatlaydi. Diniy idora ma'muriyati esa Milliy kutubxona bilan hamkorlikda professor Krachkovskiyning memorial yodgorlik xazinasini yaratishda ishtirok etadi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, Rossiya Milliy kutubxonasi o'tgan yilning noyabr oyida "Fayzxonov o'qishlari" 18-xalqaro ilmiy anjumani doirasida "Ignatiy Krachkovskiyning sharqi" nomli noyob ko'rgazmasini o'tkazgan edi.
Ma'lumot uchun qayd etish joizki, Ignatiy Krachkovskiy (1883-1951) sovet akademigi va rus arablashtirish maktabining asoschisi, arab mamlakatlari, ularning tarixi va islom diniga oid 450 dan ortiq ilmiy maqola va kitoblar muallifi sanaladi. Ulardan eng muhimi arab va boshqa tillarga tarjima qilingan “Arab qo'lyozmalari haqida” va “Arablar orasida geografik adabiyot tarixi” xotiralaridir. Krachkovskiy Qur'oni karim ma'nolarini ham rus tiliga tarjima qilgan.
Bu haqda “Rayya” axborot xizmati ma'lum qilgan.
O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi 104-maktabda "Xo‘ja Alambardor" jome masjidi imom-xatibi Ustoz Rahimberdi domla Rahmonov ishtirokida "Qipchoq" va "Saxovat" MFYda istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jaholatning jamiyat rivojiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, ilm-ma’rifatning esa inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Islom dinining asl insonparvarlik tamoyillari, ilm va adolatga chaqiruvchi mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ota-onaga hurmat va ularga xizmat qilishning fazilati, farzand tarbiyasidagi ma’rifat va Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida aholi tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
t.me/marifiymarkaz