frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+)

04.02.2026   18615   1 min.
Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan muborak Ramazon oyidagi Xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etuvchi qorilarni saralash va tayyorgarlik jarayonlari izchil davom etmoqda.
 

Shu yilning 4 fevral kuni «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» majmuasida Toshkent shahar masjidlarida tarovih namozlarida xatmga o‘tadigan qorilar bilan navbatdagi suhbat o‘tkazildi.


Tadbir davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum qorilarga xatm qilish odoblari, tajvid qoidalari, xususan, vaqf va ibtido (to‘xtash va boshlash) ilmi bo‘yicha mahorat darsi va ma’ruza qildilar.


Shuningdek, malakali ustozlar tomonidan qorilarning tayyorgarlik darajasi ko‘rikdan o‘tkazilib, muborak oy davomida Qur’on tilovatini yuksak saviyada ado etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

AlQuran.uz


 

Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+) Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+) Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+) Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+) Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+)
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   9648   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari