Zayniddin domla Eshonqulov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Ulamolar Kengashi a’zosi
Bugun yurtimizdagi masjid, madrasa va ziyoratgohlar obod etilmoqda, ajdodlar merosi tadqiq etilmoqda, Qur’on kurslarida minglab hamyurtlarimiz saboq olmoqda, haj va umra amallarini ado etish imkoniyati kengaymoqda.
Poytaxtimizda bunyod etilgan muhtasham Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqand viloyatida qad rostlagan mahobatli Imom Buxoriy majmuasining ochilish marosimlari nafaqat xalqimiz uchun, balki butun musulmon ummati uchun eng munosib Ramazon tuhfasi bo‘ladi, insha Alloh.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Ramazon oyi tabrigi va murojaatidan