Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Kimning hisob-kitobi oson bo'ladi?

11.01.2024   653   4 min.
Kimning hisob-kitobi oson bo'ladi?

Oysha onamiz roziyallohu an­ho bunday so'zlab berdi: «Rasu­lul­loh sollallohu alayhi va sallam: “Qiyomat kuni hisob-kitob qilinadigan kishi borki, halok bo'ladi”, dedilar. “Ey Allohning rasuli, Alloh taolo: “Ammo kimning o'ng tomonidan berilsa, u albatta engilgina hi­sob-kitob qilinadi”, demaganmi?” dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alay­hi va sallam: “U namoyish qi­lish, xolos. Qiyomat kuni kimning hisob-kitobi taftish qi­linsa, azoblanmay qolmaydi”, dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati).
* * *
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarga tushunarsiz shar'iy masalani sharhlab berar edilar. Shuning uchun sahobalar biror noaniq narsa uchra­sa, Payg'ambarimiz alayhissalomga murojaat qilar edilar.
Ushbu hadisda Abdulloh ibn Abu Mulay­ka Oysha roziyallohu anhoning eshitmagan, bilmagan narsasi haqida Nabiy alayhis­salomdan so'rab olganini xabar qilmoqda. Bu onamizning ziyrakligidan darak. Axir, Nabiy alayhissalom yonida bo'laturib ham bilimini mustahkamlab olmasinmi?! .
Ana shunday holatlardan birini Oysha onamiz roziyallohu anho rivoyat qiladi. Kunlarning bi­rida Payg'ambarimiz alay­hissalom: “Qiyomat ku­ni hisob-kitob qilinadigan kishi borki, halok bo'­ladi”, dedilar. Buni Oysha onamiz eshi­tib Na­biy alayhissalomning ushbu so'zlari bilan Alloh tao­loning: “Ammo kimning o'ng tomoni­dan beril­sa, u albatta engilgina hi­­sob-ki­tob qi­linadi” (Inshiqoq surasi, 8) oyati­ni taqqosladi. Boisi, hadis lafzi hisob-kitob qilinuvchining azobla­nishini umumlashtir­moqda. Oyat lafzi esa, ayrimlarning azoblanishiga dalo­lat qilmoqda.

Payg'ambarimiz alayhissalom oyatga izoh berib: “Oyat amal daftarini namoyish etishdagi holatni bayon qilmoqda. Kimning amali muhokama qilinsa, halok bo'ladi”, demoqdalar.

Nabiy alayhissalomning oyatdan haqi­qiy ma'noni bayon etish uchun bergan javoblarida engil hisob, ya'ni amal daftarini namoyish etish va ko'rsatish boshqa, amallarning taftish etilishi boshqa ekani ayon bo'lmoqda. U zot alayhissalom oyatdagi “engilgina hisob-kitob qili­nadi”dan murod “Alloh taolo bandaga gunohlarini zikr qiladi. So'ngra dunyoda ularni berkitgani, oxiratda ham kechirib yuborishini bildiradi”, deb izoh bermoqdalar.

“Qiyomat kuni kimning hisob-kitobi taftish qilinsa, azoblanmay qol­maydi”, degan lafzlariga bandalarda yanglishishlar ko'p uchrashi, kim taftish qilinsa, afv etilmasligi va do'zaxga kiritilishini bayon etmoqdalar.

Demak, qiyomat kuni hisob-kitob ikki ko'ri­nishda bo'ladi:

1) amallar ko'rsa­tilib, tanbeh beriladi. Bu hisob engil o'tib, uning uchun azob berilmaydi;

2) munoqasha hisob-kitobi. Bu – qiyin va qattiq hisob, azobdan xoli bo'lmaydi. Boisi, bu bandaning xatolari ustidagi taftish bo'lib, jamiki gunohlaridan so'roq qilinadi. U har bir yomonligi uchun javob beradi.

Abbod ibn Abdulloh ibn Zubayr aytadi: «Oysha onamiz ro­ziyal­lohu anhoning bunday deganini eshitdim: “Rasululloh sol­­lal­lo­hu alayhi va sallamdan en­gil hi­sob haqida so'radim. U zot alay­­his­salom: “Qiyomat kuni (amal daf­tari) beriladi va unga kichik gunohlarini namo­yish qiladilar”, deb javob berdilar».

Kimning hisob-kitobi oson bo'ladi?

Abu Hotim va Hokim rahimahu­malloh Jobir roziyallohu an­hu­dan rivoyat qil­gan hadisda bun­­day deyiladi: “Kimning yaxshi­liklari yomonliklaridan ko'p bo'l­sa, shu kishi hisob-kitobsiz jan­natga kiradi. Kimning yaxshi­likla­ri yomonliklari bilan teng kel­sa, engil hisob qilinadi. So'ng­ra jannatga kiritiladi. Kim­ning gunohlari yaxshiliklaridan ziyoda kelsa, ana o'sha o'z naf­sini halok etibdi”. Shafoat ham shu singari bo'ladi.

Ibn Umar roziyallohu anhu­mo rivoyat qilgan hadisda: «Siz­lar­dan biringiz Rabbisiga yaqin keltiriladi. Hatto orada hech qan­day to'siq bo'lmaydi. Un­ga: “Shu, shu narsalarni qilding”, deydi. Banda gunohlariga iqror bo'ladi. So'ngra Alloh aytadi: “Sen uni sendan dunyoda berkitdim. Bugun esa seni mag'firat qilaman”», deyilgan.

Hadisda Oysha onamizning fazilati, ta'limga va o'rga­nish­ga harisligi; hisob-kitob, qiyomat kunidagi azob, odamlarning hi­sob-kitoblari turliligi; tolibi ilmning o'ziga noaniq bo'lgan narsani so'rab bi­lishga haqliligi; olim odam o'ziga qilingan murojaatni chin ko'ngildan qabul etishi; Na­biy alayhissalomga o'xshab so'­rovchiga tushuntirib berishning vojibligi bayon etilgan.

Mansur O'ROLOV,
Sergeli tumani “No'g'ayqo'rg'on” masjidi imom noibi

"Hidoyat" jurnalidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ushbu oyatga quloq tuting!

04.08.2025   192   1 min.
Ushbu oyatga quloq tuting!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Siz hech qachon yutqazmaydigan, kasodga uchramaydigan uchta tijoriy kelishuv haqida eshitganmisiz? Unda ushbu oyatga quloq tuting:

"Albatta, Allohning Kitobini tilovat qiladiganlar, 
- namozni to‘kis ado etib, 
- Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora nafaqa qiladiganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo‘lurlar"
(Fotir surasi, 29-oyat).

Izoh: "..hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo‘lurlar". Bu ushbu oyatning asosiy xulosasidir. Dunyodagi tijoratda foyda ham, zarar ham bo‘lishi mumkin. Lekin yuqorida sanab o‘tilgan uch amalni – Qur’on tilovati, namoz va infoqni – bajargan insonlar Alloh bilan bo‘lgan "tijorat"dan hech qachon yutqazmaydilar. Bu tijoratning foydasi bu dunyoda ham, u dunyoda ham bo‘ladi. Bu dunyoda qalb xotirjamligi, baraka, hayotda ma’no topish kabilar, u dunyoda esa Allohning roziligi, jannat va abadiy saodatdir. Bu tijorat – haqiqiy va abadiy muvaffaqiyatdir.

Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy

Maqolalar