Islom birdamlik o'yinlari Qozon shahrida bo'lib o'tishi mumkin. “Biznes onlayn” xabariga ko'ra, hozir Tatariston poytaxtining bu masalaga oid arizasi tashkilotchilar tomonidan o'rganilmoqda.
Har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan turnirning bo'lib o'tish sanasi 2029 yilga to'g'ri kelmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Islom birdamlik o'yinlari ilk bor 2005 yilda Makka shahrida o'tkazilgan va 7000 nafar ishtirokchini jamlagan. Turli yillarda musobaqaga Indoneziya, Ozarbayjon va Turkiya mezbonlik qilgan. 2025 yilda turnirning Kamerunda o'tkazilishi rejalashtirilgan. O'yinlarda odatda 28 xil turdagi yozgi sport o'yinlari, jumladan, futbol, basketbol, suzish, badiiy gimnastika va boshqalar mavjud.
Musobaqa Islom birdamligi sport federatsiyasi tomonidan o'tkaziladi. Tashkilotning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonida joylashgan va uning Prezidenti podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol-Sauddir.
Federatsiya 55 davlatni o'z ichiga olgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) tarkibida faoliyat yuritadi. Eslatib o'tamiz, Rossiya IHTda kuzatuvchi davlat hisoblanadi.
O'MI Matbuot xizmati