13 mart kuni Jazoir Din ishlari va vaqflar vaziri Yusuf Bilmahdiy Jazoir tarixida ilk bor Varsh rivoyatidagi Qur'oni karimning oddiy va brayl alifbosidagi nusxasi birinchi bosqichda 5 ming donada chop etilishini ma'lum qildi.
Ushbu ko'zi ojizlar uchun yangi Brayl uslubidagi mushaf ota-onalar Brayl alifbosida o'qiydigan bolalarga hamroh bo'lishi uchun oddiy shriftda so'zlarni yozishga asoslangan.
Jazoirning Brayl alifbosidagi Qur'oni Afrika mamlakatlari va Parijning Markaziy masjidida milliy darajada tarqatilishidan tashqari, Respublika Prezidentining ko'rsatmalari timsoli sifatida ham tarqatiladi.
O'MI matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).
Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.
Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.
Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.