Angliyaning “Chelsi” futbol klubi rahbariyati Ramazon oyi munosabati bilan 26 mart kuni klubga tegishli “Stemford Bridj” stadionida musulmonlar uchun jamoaviy iftorlik tashkil etishini ma'lum qildi.
Ingliz klubi o'zining rasmiy saytida bergan bayonotida nonushta “Stamford Bridj” da tashkil etilishi va bu Buyuk Britaniyadagi eng yirik tadbir sanalishini qayd etgan.
Ma'muriyatining qo'shimcha qilishicha, barcha masjidlar, klub a'zolari, muxlislar va musulmon maktab o'quvchilari klub xodimlari hamrohligida iftorlikka taklif qilinadi.
"Chelsi" xayriya fondi rahbari Saymon Teylor bunday dedi: "Men Ramazon chodiri loyihasi bilan birgalikda ochiq iftorlik e'lon qilishdan mamnunman. Biz premer'-ligada bunday tadbirni uyushtirgan birinchi klub bo'lganimizdan juda faxrlanamiz. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, Ramazon oyini nishonlash va musulmon jamoamizga iftor tashkil etish bu diniy bag'rikenglikni targ'ib qilish bo'yicha faoliyatimizning muhim jihati hisoblanadi va mehmonlarni 26 mart kuni kutib olishni sabrsizlik bilan kutyapman”.
“Ramazon chodiri” loyihasi asoschisi va bosh direktori Omar Salha shunday dedi: “So'nggi o'n yil ichida “Ramazon chodiri” loyihasi turli millat vakillaridan iborat yarim milliondan ortiq kishini jamladi. Ularni Ramazon bayrami va iftorlik birlashtirdi.
O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi.
"Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasi orqali xalqimizga ma’rifat ulashilmoqda. Ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna tashkil qilgan xodimlar esa har yili taqdirlanadilar.
Bugun 12 may kuni Toshkent shahridagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahar imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiligida tashkil etilgan ushbu tadbir "Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasiga faol obuna tashkil etgan imom-xatiblar taqdirlandilar va ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni qilganning ajridek ajr beriladi", deya marhamat qilganlar. Darhaqiqat, yaqinlarga, do‘stlarga yaxshilik ulashish, ma’rifat tarqatishga dalolat qilish tahsinga sazovor ishdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati