Muftiy Nuriddin domla hazratlari ushbu mavzudagi chiqishlari davomida mashhur sahoba Muoz ibn Jabal raziyallohu anhuning ijtihod qilish (hukm chiqarish) bobidagi hozirjavobliklari Rasul alayhissalomni juda ham xursand qilgani bayon etiladi.
Mujtahid ulamolar Qur'on va hadisga tayanib ijtihod qilganlari hamda bir vaqtda barcha zarur ilmlar – tafsir, hadis, oyatlar nozil bo'lish sabablari, arab tili grammatikasi kabilarni puxta bilganlari keltiriladi.
Diyorimizda asrlar davomida Hanafiy mazhabiga amal qilingani, shuning uchun o'tmishda bunday ixtiloflar bo'lmagani haqida so'z yuritiladi.
Hozirgi kunda mazhabni rad etadigan yoki to'rtta mazhabni qorishtiradiganlar paydo bo'layotgani afsus bilan qayd etiladi.
O'tgan asrning 90-yillarida diyorimizdagi mazhabsizlik oqibatida noxushliklar sodir bo'lgani, bir masjid jamoasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani, shu bois ham, bir mazhabga ergashish shar'iy va hayotiy zarurat ekani jonli misollar bilan ifoda etiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Fazilatli Shayx Abdulloh Sirojuddin rahimahullohdan: "Alloh taoloning "As-Somad" ismini zikr qilishda adad bormi?" deb so‘rashdi. U zot: "Hojatlarni ravo bo‘lishi uchun saharda (125) bir yuz yigirma besh marotaba zikr qilinadi", deb javob berdilar.
Alloh taoloning "As-Somad" ismining ma’nosi: "Barcha mahluqotlar Unga yuzlanadigan va bandalari barcha diniy va dunyoviy muhim ishlarida Uni qasd qiladigan Zotdir. U ulug‘ sifatlari kengdir. Barcha mahluqotlarni Unga hojati tushadigan, butun borliq Uni qasd qiladigan Zotdir. Ularning barcha ishlarida undan o‘zga Robb yo‘qdir", demak.