frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Shukr, sano va duoni jamlagan oyat

30.04.2026   18545   1 min.
Shukr, sano va duoni jamlagan oyat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

﴿ربِّ إني لما أنزلت إليَّ من خير فقيرٌ﴾

Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman(Qosos surasi, 24-oyat).

Ibn Oshur rahimahulloh aytadilar: Ushbu jumla o‘z ichiga ham shukrni, ham sanoni, ham duoni qamrab olgandir. Alloh taolo bu (duo) sababli Muso alayhissalomga jufti halol, boshpana va ish (rizq) ato etdi.

Banda bilan Parvardigori o‘rtasidagi eng yaqin (qisqa) yo‘l – U Zotga muhtojligini izhor qilishdir.

Iftiqor (الافتقار) bu – faqat moddiy kambag‘allik emas, balki ma’naviy jihatdan Allohning lutfisiz hech kim ekanini his qilish, har bir soniyada Uning yordamiga intizor bo‘lish demakdir.

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

14.09.2026   2786   1 min.
Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi doirasida ulug‘ mutafakkir, tasavvuf olimi Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Ushbu nufuzli tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti, Butunjahon musulmon donishmandlar kengashi, IRCICA, ICESCO, Al-Azhar ulamolar kengashi vakillari hamda yetuk sharqshunos va islomshunos olimlar ishtirok etmoqda.

Anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ma’ruza qildilar.

Muftiy hazratlari Sayyid Yahyo Bokuviyning tasavvuf tarixidagi maqomi va uning ta’limoti haqida to‘xtaldilar. Shuningdek, nutqda alloma nafaqat tasavvuf, balki diniy ilmlar, tabiiy va aniq fanlarni egallagan qomusiy olim bo‘lgani, o‘ttizga yaqin asarlari inson nafsini tarbiyalashda muhim qo‘llanma ekani ta’kidlandi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qur’oni karim va hadisi shariflarga tayangan holda qalb salomatligi va pokligi inson hayotining bosh mezoni ekanini bayon etib, turkiy xalqlarni bog‘lab turgan umumma’naviy ildizlarga alohida urg‘u berdilar:

«Hazrat Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband va Sayyid Yahyo Bokuviy kabi buyuk zotlar ilgari surgan nafs tarbiyasi, insonparvarlik va yuksak axloq g‘oyalari bugun ham qardosh xalqlarimizni birlashtirib turuvchi mustahkam ma’naviy ko‘prikdir. Bunday ulug‘ siymolar merosini hamkorlikda o‘rganish xalqlarimizning ma’naviy birligini mustahkamlash va yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi».

Uch kunlik anjuman davomida O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi ham ma’ruzalar bilan ishtirok etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari