frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Kompyuter o‘yinlari - yoshlar sog‘lig‘iga tahdid

13.05.2026   16020   1 min.
Kompyuter o‘yinlari - yoshlar sog‘lig‘iga tahdid

Nottingem (Buyuk Britaniya) universitetining bir qator tadqiqotchi olimlari tomonidan olib borilgan izlanish hamda tajribalarga ko‘ra, kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketish oxir oqibat yoshlarni chekish hamda spirtli ichimlik iste’mol qilishga olib borishi kuzatildi.

Ayniqsa, Counter-Strike, Grand Theft Auto (GTA), Call of Duty: Black Ops II, Call of Duty: Modern Warfare 3 hamda Assassin’s Creed III kabi kompyuter o‘yinlarini muntazam o‘ynaydigan yoshlar bilan bu o‘yinlarni o‘ynamaydigan yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma olib borilganda, bu o‘yinlarga haddan berilgan yoshlarning aksariyati spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari iste’mol qilishlari aniqlandi.

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

27.08.2026   6902   1 min.
Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida diniy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat yuritayotgan, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va yoshlarni yot g‘oyalardan asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi.
 

Tadbirda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Eshqobilov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning el-yurt osoyishtaligi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi xizmatlarini yuqori baholadi.


Marosimda fidoyi soha xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va bayram esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari