frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Qurbon hayitini munosib o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

22.05.2026   15836   1 min.
Qurbon hayitini munosib o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Shu yilning 20 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Diniy idora bo‘lim boshliqlari va mas’ul xodimlari ishtirokida Qurbon hayitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib o‘tkazish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari, yurtimizdagi tuman-shahar bosh imom-xatiblari ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida muhtaram Prezidentimizning Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan Muftiy hazratlari bilan telefon orqali muloqotlari, hojilarning ko‘tarinki kayfiyati haqida so‘z bordi. 
 
Shundan so‘ng ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti namozini yurtimizda uyushqoqlik, yuqori tartib-intizom va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Muftiy hazratlarining joylarga yetkazilgan ko‘rsatma va tavsiyalariga amal qilish, masjidlarning bayram tadbirlariga shaylik holatini ko‘zdan kechirish, namozxonlar uchun xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda barcha shart-sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratildi.
 
Masofaviy yig‘ilishda ulug‘ ayyom arafasida mehr-muruvvat va saxovat tadbirlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada hududlardagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy jihatdan dalda bo‘lish yuzasidan imom-xatiblarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Shu bilan birga, yurtimizdagi qabriston va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, tozalik ishlarini kuchaytirish hamda atrof-muhitni tartibga keltirish bo‘yicha uyushqoqlik bilan hasharlar tashkil etish zarurligi qayd etildi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qurbon hayitini munosib o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi Qurbon hayitini munosib o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi Qurbon hayitini munosib o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi Qurbon hayitini munosib o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi Qurbon hayitini munosib o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

17.08.2026   13708   1 min.
Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.

Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.

Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.

G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar