frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Hojidan qanday duo qilishni so‘rash kerak?

01.06.2026   20294   1 min.
Hojidan qanday duo qilishni so‘rash kerak?

Hoji kimning gunohi kechirilishini so‘rasa, uning gunohi ham kechiriladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Allohim, hojining gunohini va u mag‘firat so‘ragan kishining gunohini kechirgin", deb duo qildilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Hojining gunohi ham, u mag‘firat so‘ragan kishining gunohi ham kechiriladi..." (Imom Ibn Abu Shayba rivoyati).

Shuning uchun Ibn Umar roziyallohu anhu: "Hojini ko‘rsang, unga salom bergin, u bilan quchoqlab ko‘rishgin, uyiga kirishidan oldin gunohlaring kechirilishini so‘rab duo qilishini iltimos qilgin", der edi (Imom Ibn Hibbon va Imom Ahmad rivoyati).

Shu sababli, odamlar hojilarni ko‘rishsa, ularning duosidan bahramand bo‘lib qolishga harakat qiladilar. 

Alloh taolo hojilarni ko‘rsatib, farishtalariga — osmon farishtalariga maqtanadi (Imom Ibn Hibbon va Imom Ahmad rivoyati).

“Eng sharafli ummat” kitobidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

11.08.2026   31498   1 min.
Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.

Viloyatning turli hududlaridan bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolaning xatna to‘yi qilib berildi.

Tadbirda bolajonlarga velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar, shirinliklar qutisi sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi.

Bolajonlarga qo‘shilib, ularning yaqinlari ham quvonchdan tashakkur aytib, tashkilotchilar, Yurtboshimiz haqlariga duolar qilishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga ham hadyalar ulashildi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari