frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Alloh taolo sizni qanday qabul qildi?

03.06.2026   18704   1 min.
Alloh taolo sizni qanday qabul qildi?

Hasan ibn Abu Sinan rahimahulloh oltmish yil davomida yotgan holatda uxlamagan ekanlar, yog‘li taomlar iste’mol qilmagan hamda sovuq suv ichmagan ekanlar. Vafot etganlaridan so‘ng u zot bir kishining tushiga kirdilar va u kishi: “Alloh taolo sizni qanday qabul qildi?” — deb so‘radi.

Hasan ibn Abu Sinan rahimahulloh: “Alloh taolo meni juda yaxshi qabul qildi, ammo hayotimda bir kishidan igna qarzga olib, qaytarib bermagan edim. Shu sabab jannatga kira olmayapman”, degan javobni berdilar.

“Ruhul-bayon” tafsiri, 2-jild, 171-sahifa

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Vaqf" fondi va Turkiya diyonat vaqfi hamkorligi yangi bosqichda

28.08.2026   83907   1 min.

Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamda Turkiya Diyonat vaqfi mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya formatida muloqot bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan memorandum va uning asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda uning amaliy mexanizmlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.


Muloqot davomida vazifalarning joriy holati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslar va ijtimoiy loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar, yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, xorijiy xayriya xizmatlarini tashkil etish hamda zakot va xayriya munosabatlarini yanada rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.


Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki qardosh davlat vaqf fondlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy va saxovat yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati