frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

«Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi

11.06.2026   12433   1 min.
«Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi

 

Toshkent islom institutida diniy ta’limning samarali usullaridan biri bo‘lgan «xatmul kutub» (kitoblarni to‘liq o‘qib tugatish) an’anasi izchil davom etmoqda.

 Ana shunday ilmiy-ma’rifiy tadbirlardan biri – alloma Nuriddin Abdurahmon Jomiyning «Asrlarni zabt etgan asar» («Sharhi Mullo») kitobi xatmiga bag‘ishlandi.



Institut tashabbusi bilan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan ulamolar, soha mutaxassislari ustoz va talabalarning ilm yo‘lidagi g‘ayrati hamda sabr-matonatini yuqori baholadilar.
 

 Arab tili grammatikasiga oid ushbu mashhur asar «Tillar» kafedrasi mudiri Ulug‘bek domla Hasanov, o‘qituvchilar Yoqubjon domla Buxorbayev va Abdulbosit domla Nurillayev rahbarligida 2-kurs talabalari ikki yil davomida dars va to‘garaklarda o‘qib, to‘liq xatm qilishdi.



Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Shundan so‘ng ustoz va shogirdlar ishtirokida kitobning yakuniy qismi o‘qib tugatildi.
 

 Marosim so‘ngida kitobni muvaffaqiyatli xatm qilgan 55 nafar talabaga «Sharhi Mullo» kitobi bo‘yicha ijozat shahodatnomalari, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

«Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi «Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi «Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi «Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi «Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi «Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi «Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi «Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi «Asrlarni zabt etgan asar» xatmonasi bo‘lib o‘tdi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Xo‘jamulki" mahallasida obodlik va mehr-saxovat

16.08.2026   19786   1 min.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Xo‘jamulki" mahallasida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida keng jamoatchilik va aholi vakillari ishtirokida qizg‘in obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu tashabbus mahalla hayotiga yangicha ruh baxsh etib, hamjihatlik va ezgulik muhitini yanada mustahkamlamoqda.

Azaliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan hashar an’anasi asosida mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, o‘z hududini yanada obod, fayzli va ko‘rkam maskanga aylantirish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Har bir fuqaroning qalbida Vatanga muhabbat, mahallaga ehtirom tuyg‘usi jo‘sh urib, ular bunyodkorlik ishlariga faol hissa qo‘shmoqdalar.

Xususan, mahalla hududidagi muqaddas qadamjolardan biri – "Xo‘jamulki ota" qabristonida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hashar ishtirokchilari tomonidan qabriston hududi begona o‘tlar va chiqindilardan puxta tozalanib, qabr ustilari tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida zarur ishlar olib borilib, ajdodlar xotirasiga chuqur ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallada obodlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash bilan birga, ajdodlarimiz xotirasiga bo‘lgan hurmatimizni namoyon etadi. Ayni paytda, yosh avlodga milliy qadriyatlarimizni singdirish, ularni Vatanga muhabbat va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir. Bugungi hashar – kelajak avlod uchun namuna, ertangi kun uchun mustahkam poydevordir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Surxondaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari