Islom dini ta’limoti, qonun-qoida va amallaridan beshta bosh maqsad ko‘zda tutilgan:
1. Inson hayotini muhofaza qilish;
2. Inson aqlini muhofaza qilish;
3. Inson dinini muhofaza qilish;
4. Inson naslini muhofaza qilish;
5. Inson mol-mulkini muhofaza qilish.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida internatda ta’lim olayotgan bolajonlarga 120 dona kuzgi sport kiyimlari ehson qilindi.
Ushbu xayriya tadbiri orqali bolajonlarning kuzgi mavsumni yanada qulay va xushkayfiyatda qarshi olishlariga ko‘maklashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati