Misrning Al-Azhar islom tadqiqot akademiyasi qoshidagi Qur'oni Karim va sunnati nabaviya ilmiy mo''jizalari qo'mitasi “Barqaror rivojlanishga erishish uchun inson salohiyatini oshirishda Qur'oni Karim va Sunnati nabaviyaning mo'jizakorligi” mavzusidagi tadqiqot musobaqasini ikki oy muddatga uzaytirishga qaror qildi. Ko'p sonli ishtirokchilarning talablariga binoan ilmiy mavzulardagi tadqiqotlarni taqdim etilishining oxirgi muddati etib 30 aprel' kuni etib belgilandi.
Islom tadqiqotlari akademiyasining Ilmiy mo''jizalar qo'mitasi o'tgan yilning dekabr oyida tanlov va uning shartlarini e'lon qilgan edi. Unda tanlovga taqdim etilgan tadqiqot ishi arab yoki ingliz tillarida bo'lishi, oldin taqdim etilgan tadqiqot mavzulariga takror bo'lmasligi, tadqiqot muallifining ilmiy darajaga ega bo'lishi, tadqiqot ishining boshqa musobaqalarga taqdim etilmagan bo'lishi talab qilingan.
Qo'mitaning ma'lum qilishicha, musobaqada birinchi o'rin sohibiga 15 000 funt sterling, ikkinchi o'rin sohibiga 10 000 funt sterling va uchinchi o'rin sohibiga 5 000 funt sterling taqdim etiladi. Qolgan ishtirokchilar rag'batlantiruvchi mukofot va tashakkurnomalar bilan taqdirlanadilar.
O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi.
Sayyor yig‘ilish
Xabaringiz bor, shu yil hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muhtaram Prezidentimizga Qurbon hayiti tabirigini yo‘llab, yurtga qaytgach har bir hoji «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari» degan ezgu tashabbusni bir ovozdan olg‘a surgan edilar.
Ana shu ezgu tashabbus bugun amalga ko‘chib, hojilar imom-xatiblar, mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga, oilalarga kirib boryapti.
Shu yil 17 iyul kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov boshchiligida O‘rta Chirchiq tumanidagi «Usmon ota» jome masjidida tumanlar/shaharlar bosh imom-xatiblari, «Haj 2025» hojilari, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan so‘ng tumandagi mahallalarga chiqilib, oilalar o‘rganildi. Ajrim yoqasida turgan yoshlar yarashtirildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan kishilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi, tavsiyalar berildi.
Bunday tadbir qamrovi kengligi bilan alohida ahamiyat kasb etyapti. Gap shundaki, tadbir doirasida bir oila 12 nomdagi turli adabiy-badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Tumandagi masjidlar imom-xatiblari ham tadbirda faol qatnashdilar.
Shundan so‘ng yana «Usmon ota» masjidiga qaytilib, amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Xayrli duolar bilan sayyor yig‘ilish nihoyasiga yetdi.
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati