frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

To‘rt nafar xodimga umra yo‘llanmasi

24.06.2026   25464   1 min.
To‘rt nafar xodimga umra yo‘llanmasi

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot matbaa ijodiy uyida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni nashriyot bosh direktori Sultonbek Imomnazarov olib bordi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, muftiy o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov, Obidjon Qodirov va boshqa mas’ullar qatnashdi.

Bayram tadbirida so‘zga chiqqan Homidjon domla Ishmatbekov Muftiy hazratning tabrigini yetkazib, nashriyot xodimlarining ma’rifat tarqatishdek mashaqqatli va sharafli ishlarini e’tirof etdi.

Taqdirlash marosimida to‘rt nafar xodimga umra yo‘llanmasi taqdim etildi. Shuningdek, jonkuyar va fidoyi xodimlar “Tashakkurnoma” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

To‘rt nafar xodimga umra yo‘llanmasi To‘rt nafar xodimga umra yo‘llanmasi To‘rt nafar xodimga umra yo‘llanmasi To‘rt nafar xodimga umra yo‘llanmasi To‘rt nafar xodimga umra yo‘llanmasi To‘rt nafar xodimga umra yo‘llanmasi
Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

18.08.2026   27950   1 min.
Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.

 

Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.

 

Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi
O'zbekiston yangiliklari