2026 yil 9 iyul, Payshanba kuni
soat 18:00 dan boshlab
Onlayn diniy savol-javob dasturining navbatdagi 45-soni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi Abdug‘ofur domla Niyozqulov ishtirokida jonli efirga uzatiladi.
Alloh taolo Qur’oni karimda: “Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahlidan so‘rang!”, deb buyurgan (“Nahl” surasi, 43-oyat).
Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Bilimsizlikning davosi savoldir”, – deya bayon qilganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Savollaringizni fatvo.uz sayti orqali yo‘llang!
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali savol-javob dasturini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzating va bevosita ishtirokchisiga aylaning:
Youtube: MuslimUzLive
Facebook: MuslimUz
Instagram: Muslimuzportali
Telegram: Muslimuzportali
Shuningdek, Fatvo markazining quyidagi sahifalari orqali ham kuzatishingiz mumkin:
Youtube: Fatvouzb
Facebook: Diniysavollar
Instagram: Fatvouz
Telegram: Diniysavollar
#fatvo_markazi_javob_beradi
✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.
Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati