Muhammad ibn Abdulvahhob o'z akasi Sulaymon ibn Abdulvahhobning shogirdi bo'lgan. Lekin u akasidan olgan ilmda haddidan oshib, islom shariatida ko'rsatmasi (ustavi) bo'lmagan va ulamolar ham bilmagan bid'at ishlarni olib keldi.
Sulaymon ibn Abdulvahhob ukasiga raddiya sifatida uning so'zlari botil ekani va so'zlari islom shariatiga munosib emasligini bayon qilib berish uchun kitob ham yozgan.
"Bugunning masalasi to'g'risida Imom Butiy bilan birga" nomli dasturdan.
Abdulloh G'ulomov tarjimasi
1. Sahar vaqtlarida istig‘for aytishni odat qilmoq.
"(Ular) sabrli, sadoqatli, itoatli, saxovatli va sahar choqlarida Allohdan mag‘firat so‘raydigan kishilar edi" (Oli Imron surasi 17-oyat).
2. Fikrlash uchun xilvatda qolmoq.
"...va osmonlaru yerning yaratilishi haqida fikr yuritadilar" (Oli Imron surasi 191-oyat).
3. Yaxshilar bilan suhbatdosh bo‘lmoq.
"Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlari "yuzi"ni istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga sabr qilishga undang!" (Kahf surasi 2-oyat).
4. Hamisha Allohni esda tutmoq.
"Ey imon keltirganlar; Allohni ko‘p eslangiz" (Ahzob surasi, 41-oyat).
5. Xushu’ bilan namoz o‘qimoq.
"Ular namozlarida o‘zlarini kamtar tutuvchidirlar" (Mu’minun surasi, 2-oyat).
b. Tadabbur bilan Qur’on o‘qimoq.
"Qur’on (oyatlarining ma’nolari) haqida(chuqurroq)fikr yuritmaydilarmi? (Niso surasi, 82-oyat)
7. Qattiq issiq kunlarda nafl ro‘zalar tutmoq.
Alloh taolo faxrlanib aytadi: "Bandam o‘zining taomi, ichimligi va shahvatini Men uchun tark qildi".
8. Sadaqani yashirincha bermoq.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "O‘ng qo‘l berganni chap qo‘l bilmasin".
9. Musulmonning bironta g‘amini ketkazmoq.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Musulmondan g‘amni ketkazgan insonni Alloh ham qiyomat kunida g‘amini ketkazadi", deganlar.
10. Bu o‘tkinchi dunyodan zuhd bilan o‘tmoq.
"Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir" (A’lo surasi, 17-oyat).
«O‘kinma» kitobidan