Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari uyushmasi (Union of News Agencies – UNA OIC) saytida "Toshkent va Qohira Shavkat Mirziyoevning Misrga tashrifi chog'ida har tomonlama hamkorlikni muhokama qilmoqda" maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo"axborot agentligi.
Nashrning xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoev Prezident Abdul Fattoh As-Sisining taklifiga binoan 20 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Misrga kelgan.
"O'zbekiston Prezidentining Qohira xalqaro aeroportida bo'lib o'tgan uchrashuvi uchun ikki mamlakat davlat bayroqlari ko'tarildi, faxriy qorovul saf tortdi, deyiladi maqolada. Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi O'zbekiston rahbarini kutib oldi va samimiy qutladi. Davlat rahbarlarining qisqa uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Prezidenti 20 fevral' kuni o'zbek ajdodi, buyuk olim Ahmad Farg'oniy tomonidan bunyod etilgan Qohira nilomeri – “Miqyos an-Nil” ko'rgazmasida bo'lib, Misr tsivilizatsiyasi Milliy muzeyi ekspozitsiyasi bilan tanishdi."
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Misrdagi etakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning ulkan salohiyati, O'zbekiston bilan Misr o'rtasida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, o'zaro investitsiyalar va tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
"O'zbekiston rahbari hamkorlikning zamonaviy mustahkam ko'priklarini barpo etishda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari muhim rol' o'ynayotganini, jumladan, o'tmishda gullab-yashnagan Buyuk Ipak yo'lini tiklash yo'li misolida ta'kidladi, deyiladi maqolada. So'nggi yillarda hamkorlikning rivojlanish dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Hususan, tovar ayirboshlash ko'rsatkichlari o'sib bormoqda. Qo'shma loyihalar va korxonalar soni 6 barobar oshdi."
Union of News Agencies (UNA OIC) - Islom hamkorlik tashkiloti Axborot agentliklari Ittifoqining shtab-kvartirasi Jidda shahrida joylashgan. IHT mamlakatlarining 57 ta etakchi axborot agentliklari IHT axborot agentliklari Ittifoqiga a'zo. UNA OIC har kuni IHTga a'zo mamlakatlarning siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, sport va boshqa sohalarda arab, ingliz va frantsuz tillarida yuzlab maqolalari va hisobotlarini taqdim etadi. UNA OIC xabarlari, shuningdek, IHTga a'zo 57 mamlakat axborot agentliklari tomonidan qayta nashr etiladi va chop etiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Kecha, 6 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Yilning eng yaxshi islom tarixi o‘qituvchisi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, viloyat bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, hay’at a’zolari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagog-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar 4 ta shart bo‘yicha bahs olib bordi. Ularning chiqishini malakali hakamlar hay’ati baholab bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Muhammadyahyoxon Mahmudov 1-darajali diplom, “Haj” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan mukofotlandi.
2-o‘rin: Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Xalilulloh Yusupov, 2-darajali diplom, “Umra” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan taqdirlandi.
3-o‘rin: Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi Sanjar Berdiyevga 3-darajali diplom va zamonaviy muzlatgich taqdim etildi.
Tanlovning qolgan 10 nafar ishtirokchisiga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Aytish joizki, ushbu tanlov O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida har yili o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati