Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Aprel, 2025   |   30 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:25
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:20
Xufton
20:42
Bismillah
28 Aprel, 2025, 30 Shavvol, 1446

Kibermakonda din niqobidagi kiberhujumlar tahdidiga qarshi kurash

27.02.2023   928   8 min.
Kibermakonda din niqobidagi kiberhujumlar tahdidiga qarshi kurash

Kibermakon internet tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990-yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982-yil “Burning Chrome” nomli hikoyasida yozadi.

Keyinchalik, Gibsonning 1990-yilda yozib tugatgan “Neuromancer” nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo'llagan. Asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o'ziga xos ko'rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub'ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo'ladi.

Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda internet tarmog'i orqali bir-biri bilan bog'langan va bir vaqtning o'zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud komp'yuterning grafik sifatidagi ma'lumotlariga o'ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.

Hozirgi davrda fan, texnika va asosan internet taraqqiyoti mahsuli bo'lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi “superkorporatsiya” texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg'unchilikni sodir etishga bo'lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o'z g'arazli maqsadlari yo'lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda.

Bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidi to'g'risida Aydarbek Tulepov o'zining “IShID fitnasi” kitobida quyidagi ma'lumotlarni beradi. IShID o'zining internet orqali go'yo Islom yo'lida “qurbon” bo'layotgani aks etgan videolavhalari va fotosuratlari “al-Hayot” media studiyasida tayyorlanadi va internetga joylashtiriladi.

Terrorchilarning targ'ibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda. Jumladan, “Odnoklassniki”, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlarida buzg'unchilik va yot g'oyalarni targ'ib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shuningdek, Islom dinini noto'g'ri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qo'lga kiritishdir. Kitobda din niqobi ostidagi “rahnamolar” haqida ham yoziladi.

Tabiiyki, tarmoqning barcha foydalanuvchilari kabi ekstremistlar ham turli xil saytlar va forumlarga kirib ko'radi. Mudom shakllantirilib boriladigan dasturli ta'minotdan foydalanadi, tarmoqli ta'minot shu jumladan internet orqali maxfiy muloqot tarqatmoqda. “Al-Qoida”ning birinchi rasmiy sayti 2001-yil 11-sentyabr' voqealarigacha ham mavjud bo'lgan. “Al-Qoida” sayti o'sha vaqtlardagi veb-resurslardan farq qilmagan, uning katta qismini statik (turg'un, muvozanat holatidagi) tasvirlar va turlicha matn, e'lonlar (asosan arab tilida), shuningdek, bir nechta qisqa videoroliklar tashkil qilgan.

“Al-Qoida”ning rasmiy tashkiloti paydo bo'lishi, saytda boshqa din niqobidagi “dindor”larning o'zini oshkor qilishi tezlik bilan kengayib bordi. Yomg'irdan keyingi qo'ziqorinlar kabi, ularni qo'llab-quvvatlovchi ko'plab sahifalar, turli xil ko'rinishdagi forum va ijtimoiy tarmoqlar “bolalab” ketdi. Ammo uning din niqobi ostidagi ekstremistlarning diniy mafkurasi bilan tanish bo'lgan har qanday odam, kichik detallar vositasida go'yoki “hamfikr birodarlar”i orasida ekani – bugungi kunning xavfidir. Bu o'z vaqtida “Al-Qoida” tomonidan emas, balki uning tarafdorlari tomonidan yaratilgan edi va o'z navbatida, to'laqonli ijtimoiy tarmoqlarni yaratishda “asqatadigan” zamonaviy texnologiyalar dunyosida bilim darajasini namoyish etib, bu guruhning haqiqiy a'zolari diqqatini o'ziga jalb qilgan.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bugungi kunda yoshlar ongi va ruhiyatida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.

Ekstremistik mafkura ta'siriga tushib qolgan yosh yigit-qizlardagi asosiy belgilar kuzatiladi:

– Uning xatti-harakatlari keskin yoki qo'pol bo'lib qoladi, noodatiy yoki jargon leksika shakllanadi;

– ma'lum bir submadaniyat qoidalariga mos ravishda birdan kiyinish uslubi va tashqi ko'rinish o'zgaradi;

– komp'yuterida siyosiy-ekstremistik yoki ijtimoiy-ekstremal mazmundagi fayllar, rolik yoki tasvirlar ko'payib boradi;

– xonadonda tushunarsiz yoki noodatiy timsol va atributlar, qurol sifatida foydalanish mumkin bo'lgan sovuq predmetlar paydo bo'la boshlaydi;

– komp'yuterda ko'p vaqt o'tkazib, maktab, oliy ta'lim, badiiy adabiyotga, fil'm, komp'yuter o'yinlariga aloqador bo'lmagan ta'lim bilan shug'ullanadi;

– siyosiy va ijtimoiy mavzularda ko'p gapira boshlaydi, bunda sabrsizlik hamda keskin mulohazalar kuzatiladi;

– internetdaga taxallus, parol va hokazo ekstremal-siyosiy xarakter kasb etadi.

Ma'lumki, bola tarbiyasi ota-ona, mahalla, maktab gardaniga tushadi. Bunda yoshlarni keskinlik yoki tazyiq o'tkazib to'g'ri yo'lga solib bo'lmaydi. Hech bir zo'ravonliksiz va asosli fikr-mulohazalar bilan tushuntirish ishlari olib borilishi zarur. “Kontrpropaganda” ishlari bosh tezisi – inson olamni o'zgartirish uchun mukammal bilim va chuqur mulohaza yuritsa, jamiyatda mutaxassis va avtoritetga aylansa, uning ergashuvchilari tabiiyki ko'proq bo'ladi. Shunda yaxshi maqsadlarga erishishi muqarrarligi ta'minlangan bo'ladi, deb bosim o'tkazmay, qalban yondashib bolaning ongiga “etkazish” lozim. Bolaning xatti-harakatlarini mutlaqo qoralash kerak emas. Bu uning qarshi reaktsiya – himoya pozitsiyasini qo'llashiga olib keladi.

Hech qachon ekstremizm – ijtimoiy xastalik ekanligini unutmaslik lozim. Shuning uchun unga jarrohning emas, psixolog qurollari bilan yondashish kerak. Bunday “romantika”ga asosan yoshlar ishonib, bu ular energiyasini destruktiv yo'nalishga burib yuboradi. Shunday targ'ibot va tashviqot asosida shakllanish bosqichidagi yoshlar va ta'sirchan ijtimoiy qatlam vakillarida tabiiy ravishda olamni adolatliroq qilish (masalan elitalar shakllanishi, nochorlik, mehnat haqqi va karera o'sishidagi adolatsizlik, jinoyatchilikning yuqori darajadaligi, oddiy fuqaro huquqini himoyalashda adolatsizlik, ishsizlik, qonuniy idoralar tomonidan siyosiy tizimga ta'sir sustligi kabi masalalar yuzasidan) xohishi yuzaga kelib, umuminsoniy qadriyatlarni rad qila boshlaydi, o'zini ijtimoiy fikrga qarshi tuta boshlaydi, ta'lim olishda mutaxassis sifatida shakllanish o'rniga, kelajagi yo'q yo'nalishga tushib qoladi.

Internetda ekstremizm bu avvalo, targ'ibot-tashviqotdir. Ekstremistlar e'tiqod qiladigan bir qator maqsad va qarashlar, qadriyatlar targ'ib qilinadi, ularning “ilg'or”, “muqarrar”ligi isboti keltiriladi, qarshilar va dushmanlar aniqlanadi. Agarda tashkilot ma'lum bir submadaniyatga e'tiqod qilsa, o'zlarining targ'ibot va tashviqotida “kiberhujum mexanizmi”ni ishga soladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq ta'lim va yoshlar bo'yicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona “ZiyoNET” milliy ta'lim tarmog'i tashkil etilgani axborot xurujlariga qarshi turishda bir “mexanizm” ekani, “Kiber jinoyatlar to'g'risida” Konventsiya, “Voyaga etmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to'g'risida” Yevropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, “Bola huquqlari to'g'risida” BMT Konventsiyasi kabi qonunlar va Halqaro Konventsiyalarni yuqorida ko'rsatilgan ta'lim muassasalariga fan sohalarining mazmunlaridan kelib chiqib o'rgatishimiz lozim deb hisoblaymiz.

Hulosa o'rnida aytish mumkinki, bugungi kunda axborot maydonidagi “inqilobiy yangilik” sifatida e'tirof etilayotgan “kibermakon” asta-sekin jahon jamoatchiligi uchun tobora jiddiy xavf tug'dirib bormoqda. Halqaro xavfsizlikka nisbatan ilgari ko'rilmagan din niqobidagi tahdidlar ortayotgani, kiberjinoyatchilik, kiberhujum, kibertahdid kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelayotgani kishini xavotirga solmoqda.

Hozircha bu xurujga qarshi turadigan qurol yo'q. Axborotga bo'lgan ehtiyoj bor ekan, kiberjinoyatchilik turli shakl va usullarda bo'y ko'rsataveradi. Biz, bugungi avlod, jahonda “kiberkurtak” otayotgan va jahon geosiyosiy jarayonlariga o'z ta'sirini ko'rsatayotgan kibermakon va kiberterrorizmga loqayd bo'lmay, kelajak va kelgusi avlod oldida nima deb javob berishimiz haqida doimo o'ylashimiz zarur.

Mo'minjon HO'JAYeV,

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Halqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o'qituvchisi,

falsafa doktori PhD

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘zbekistonda Imom Moturidiy ilmiy merosiga yuksak e’tibor qaratilmoqda

28.04.2025   883   3 min.
O‘zbekistonda Imom Moturidiy ilmiy merosiga yuksak e’tibor qaratilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori jahon ilmiy jamoatchiligi, ayniqsa turkiy davlatlarda alohida quvonch va xursandchilik bilan kutib olinmoqda.

Jumladan, turkiyalik moturidiyshunos olim va mutaxassislar ushbu tashabbusni tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim qaror sifatida baholamoqdalar. Anqara Yildirim Boyazid universiteti professori, doktor Ahmad Yildirim tomonidan e’lon qilingan maqola fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi. Maqolada yurtboshimiz qabul qilgan mazkur qaror buyuk mutafakkir ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, qayta tiklash va uni jahon hamjamiyatiga tanitish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilgan.

Maqolada Imom Moturidiyning islom tafakkuri tarixida tutgan o‘rni alohida ta’kidlangan. Unda bayon etilishicha, Imom Moturidiy ilmiy merosi bugungi globallashuv davri muammolarini hal etishda muhim o‘rin tutadi. Imom Moturidiy o‘z davrida nafaqat diniy, balki falsafiy, axloqiy va ijtimoiy masalalarni ham qamrab olgan mukammal tizimni yaratgan. Moturidiylik ta’limoti asosan aql va hikmatga tayangan holda, insonning axloqiy mas’uliyatiga urg‘u qaratadi.  

Ahmad Yildirimning ta’kidlashicha, Imom Moturidiyning hikmatga asoslangan tafakkur tizimi bugungi kun odami hayotdan ma’no izlash jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga ham yechim bera oladi. Maqolada e’tirof etilgan so‘zlar e’tiborga molik: “Imom Moturidiyning bugungi kunimiz uchun ham ahamiyatli bo‘lgan qarashlarini yanada chuqurroq o‘rganish, ularni yuzaga chiqarib, insoniyat taraqqiyotiga safarbar qilish lozim. Shundan kelib chiqqan holda maxsus tadqiqotlar zarurligi ayni haqiqatdir. Mana shuni anglagan holda O‘zbekistonda 2025 yil Imom Moturidiyning 1155 yilligini nishonlash yili deb e’lon qilindi”.

Shuningdek, Ahmad Yildirim O‘zbekiston Prezidentining “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladigan ishlar, jumladan, “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish, talabalar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha musobaqa va davra suhbatlarini tashkil etish, moturidiylik allomalari hayoti va ilmiy merosiga oid xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan noyob qo‘lyozma va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash hamda ularning nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish kabi tadbirlarni ham alohida e’tirof etgan.

Ahmad Yildirim o‘z maqolasini quyidagicha yakunlaydi: “O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining oqilona rahbarligi hamda 2025 yilda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini nishonlashga oid qarori ortidan Movarounnahrda Islom sivilizatsiyasi tarixini o‘zgartirgan allomalarning avvalgi safida turuvchi Imom Moturidiyni xotirlash va uning fikrlarini qayta jonlantirish, yosh avlodni adashgan mutaassib oqimlar tuzog‘iga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, insoniyatga bugungi kunda odamlar o‘tmishdagidan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lgan tinchlik, bag‘rikenglik va yuksak ishonch madaniyatini taqdim etadigan yangi Islom sivilizatsiyasi binosini barpo etish yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘yilgan bo‘ladi”.

O‘zA

MAQOLA