Sayt test holatida ishlamoqda!
10 May, 2025   |   12 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:37
Quyosh
05:10
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:33
Xufton
21:00
Bismillah
10 May, 2025, 12 Zulqa`da, 1446

Nepallik shifokor 120 000 nafar bemorni bepul davoladi

24.02.2023   809   2 min.
Nepallik shifokor 120 000 nafar bemorni bepul davoladi

Nepallik oftalmolog doktor Sunduk Roit dunyoning eng sara 139 nafar shifokorlari ichidan saralanib, "Insoniyatga xizmat uchun Iso mukofoti"ni va bir million AQSh dollarilik qimmatbaho sovrinni qo'lga kiritdi. Uni Bahrayn qiroli Hamad bin Iso Al Halifa taqdirladi.
Taqdirlash marosimida Bahrayn qiroli Podshohlik tomonidan qabul qilingan ushbu global tashabbus insoniyatning birligiga, barqarorligiga va musibatlarni ketkazishga xizmat qilayotganini ta'kidladi. Shuningdek, u nepallik oftalmolog doktor Sunduk Roitning sa'y-harakatlarini yuqori baholadi.
“Insoniyatga xizmat qilgani uchun Iso mukofoti” xalqaro mukofotlar orasida nufuzli o'rinni egallaydi, u har ikki yilda bir marta katta Bahrayn qirolligi tomonidan o'tkaziladi. G'olib bir million AQSh dollari qiymatidagi sof oltin medali hamda qirol Hamad bin Iso Al Halifa hazrati oliylari tomonidan faxrli yorliq bilan taqdirlanadi.
Tanlov hakamlar hay'ati g'olib deb ko'z kasallikklarini yangicha usul bilan davolashni kashf qilgan nepallik oftalmologning loyihasini tanladi. Sunduk Roitning arzon uslubi unga katarakta operatsiyasini 5 daqiqadan kamroq vaqt ichida amalga oshirishga yordam beradi. Bu vaqt davomida u kataraktani tikuvsiz, kichik kesmalar orqali olib tashlaydi va ularning o'rniga arzon sun'iy linza qo'yadi. U bunday uslub bilan 120 000 dan ortiq ko'rish qobiliyatini yo'qotgan bemorlarni bepul davoladi.
Doktor Roit so'nggi 30 yil davomida o'zining innovatsion jarrohlik usuli bilan Nepalda ko'rlik darajasini qariyb yarmiga kamaytirishga hissa qo'shdi va u butun dunyo bo'ylab 650 dan ortiq shifokorlarga ko'rishdagi zaiflikka qarshi kurashdagi tajribasini o'rgatdi. U shungacha dunyo bo'ylab 35 milliondan ortiq operatsiyalarni amalga oshirdi.
Doktor Roit 2030 yilga qadar bir million odamni tekshirish va 300 000 dan 500 000 gacha odamlarni ko'z kasalliklarini davolashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Internet materiallari asosida O'MI xodimi
I.Ahmedov tayyorladi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Huquqiy savodxonlik soati

07.05.2025   9820   1 min.
Huquqiy savodxonlik soati

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov rahbarliklarida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar mutavallilari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilishda viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi Z.Axmedxodjayeva, Yangi Namangan tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i O.Usmanov, notarius A.Artiqovlar ishtirok etdilar. 


Unda notiqlar tomonidan mutavalli masjid imom-xatibining xo‘jalik ishlari bo‘yicha yordamchisi, masjidlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, xodimlarning oylik ish xaqi bilan ta’minlash,  qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartib va me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirish, masjid mulkini iqtisod qilish maqsadida geleokollektorlar o‘rnatish, mavjud qozonxonalarni xavfsiz hududlarga olib chiqish, ish yuritish nomenklaturasiga, ichki mehnat tartib qoidalariga va muomala madaniyatiga rioya qilish, masjidlarning tozalik va obodonlashtirish ishlariga mas’ul ekanini aytib o‘tildi.


Masjidlarning ta’sis xujjatlari, ish haqlarini me’yorlashtirish, yangi xodim ishga qabul qilinganda Adliya boshqarmasini onlayn xabardor qilish, masjidlardagi mavjud “tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni yuritish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


Yig‘ilish davomida masjidlarning qo‘shimcha yer maydonlarini qonuniylashtirish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari va huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 


Yig‘ilish davomida  qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga  mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati