Turkiya jumhuriyati bir necha yillardan buyon Afrikadagi musulmon mamlakatlarida maktablar bunyod etib, bolalarning ta'lim olishiga ko'maklashib kelayotgan edi. Yaqinda Turkiyada sodir bo'lgan kuchli zilzila ugandalik maktab o'quvchilarini ham tashvishlantirdi va ular minnatdorlik sifatida xayriya tadbirlarini tashkil etdi.
Boshlang'ich maktabi direktori Bulyanku Jamil Vambining aytishicha, maktab o'quvchilari tanaffusda tamaddi qilish uchun mo'ljallangan pullarini ixlos bilan xayriya qilishgan.
O'quvchilar to'plagan mablag'larning umumiy miqdori 10 ming dollardan oshdi, deya xabar beradi Anadolu agentligi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan masjidlar qurish, ta’lim olish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordamga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
Bugungi qabul davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Ana shunday qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati