Kuni kecha Saudiya Arabistonining Jidda shahrida IHT (Islom hamkorlik tashkiloti) ga a'zo 57 ta davlat ulamolari o'rtasida Halqaro islom fiqhi akademiyasining 25-sessiya yig'ilishi boshlandi. Unda Islom olamining 42 ta yirik ulamolari qatorida 2007 yildan buyon akademiya a'zosi sifatida O'zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi, shayx Abdulaziz Mansur qatnashib kelmoqda. Shuningdek, mazkur sessiya ishida taniqli etuk ulamolardan Shayx Abdulloh bin Bayyah (BAA), Shayx, doktor Ali Juma (Misr), Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy (Pokiston), Shayx Abdulloh bin Sulaymon al-Mani'(SAP) ishtirok etmoqda.
Mazkur yig'ilishda musulmon jamiyatlardagi bugungi dolzarb masalalar, islom shariati, fiqhi, iqtisodiy, tibbiy va ijtimoiy mavzular muhokama etiladi.
Akademiya yig'ilishining birinchi kunida diniy sohada bo'layotgan o'zgarishlarni muhokama qilish maqsadida Akademiya prezidenti doktor Solih bin Abdulloh bin Humayd janoblari hamda Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha Akademiya Bosh kotibi doktor Qutub Mustafo Sano boshchiligida anjuman bo'lib o'tdi.
So'ngra birinchi ilmiy majlis loyihalash qo'mitasi ishtirokida islomda diniy va dunyoviy ta'limning farz ekani mavzusi tashkil etildi.
Ikkinchi ilmiy sessiya Korona pandemiyasining barcha sohalarga ta'siri mavzusiga bag'ishlandi. Unda pandemiya oqibatlarini inobatga olib bir qator ilmiy tavsiyalar berildi.
Halqaro islom fiqhi kengashining uchinchi ilmiy sessiyasi namoz o'qish hukmlariga bag'ishlandi.
Shunisi e'tiborliki, to'rt kun davom etadigan Halqaro islom fiqhi akademiyasi sessiyasi yig'ilishlarida hozirgi davrda ulamolar tomonidan qabul qilingan islom huquqi (fiqhiy masalalar) ga oid qarorlar chiqarish orqali hozirgi zamon falokat va hodisalarini o'rganish va ularga ijtihod bilan yondashish doirasida 160 ta tadqiqot ishlari muhokama qilinadi.
Kengash sessiyasi 23 fevralga qadar davom etadi.
O'MI Matbuot xizmati
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirishga qaratilgan loyihalar doirasida ishchi guruh rahbarlari bilan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati