Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Misrda VI-Halqaro Qur'on musobaqasi bo'lib o'tmoqda

21.02.2023   870   1 min.
Misrda VI-Halqaro Qur'on musobaqasi bo'lib o'tmoqda

18 fevral' kuni Misrning Port-Said shahrida VI-Halqaro Qur'on va Ibtihola musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Misr Vaqflar va islom ishlari vaziri doktor Muhammad Muxtor Juma, Misr yoshlar va sport vaziri Ashraf Subhi, Misr prezidentining diniy ishlar bo'yicha maslahatchisi Shayx Usoma al-Azhariy, Port Said shahri hokimi Adel al-G'adbon hamda bir guruh al-Azhar ulamolari va madaniyat arboblari qatnashdi.
Tanlovning ochilish marosimi Qur'on tilovati bilan boshlanib, salovotlar va nashidlar ham ijro etildi. Shuningdek, tadbirda bir qator etuk ulamolar va din ravnaqi xizmat qilayotgan soha vakillari va ularning oila a'zolariga hurmat bajo keltirildi.
Ushbu musobaqada ishtirokchilar Qur'oni karimnini to'liq yoddan o'qish, chiroyli ovozda tilovat qilish, nashidlar hamda duoyu salovotlar aytish bo'yicha raqobatlashmoqda.
Musobaqada Misr, BAA, Tunis, Jazoir, Sudan, Falastin, Iordaniya, Nigeriya, Keniya, Kanada, Livan, Marokash, AQSh, Yaman, Efiopiya, Indoneziya, Uganda, Pokiston, Chad, Hindiston va shu kabi 41 davlatdan 65 nafar qorilar ishtirok etmoqda.
Mazkur musobaqa misrlik taniqli ibtahal (nashid) ustasi Shayx Nasriddin Tubar sharafiga o'tkazilmoqda.

O'MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kim juma kuni Kahf surasini o‘qisa

07.05.2025   79   1 min.
Kim juma kuni Kahf surasini o‘qisa

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim juma kuni Kahf surasini o‘qisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib, osmonu falakni yoritadi va uning ikki juma orasidagi gunohlari kechiriladi", dedilar» (Abu Bakr ibn Marduyah rivoyat qilgan).

Maqolalar