Namozxon masjidga kirganida agar farz namozlari ado etilmayotgan bo'lsa, masjid bilan salomlashish niyatida o'qiydigan namozi “tahiyyatul masjid” deyiladi.
Bu namoz ikki yoki to'rt rakat o'qiladi. Afzali to'rt rakat o'qishdir. Tahiyyatul masjid namozini masjidga kirgan kishi o'tirmasdan oldin o'qishi sunnat hisoblanadi.
Mabodo o'tirib olingan bo'lsa ham turib o'qiladi. Unda ma'lum suralarni o'qish shart qilinmagan.
Tahiyyatul masjid namozini quyidagi paytlarda o'qib bo'lmaydi:
– Quyosh chiqayotgan, qiyomga (tikkaga) kelgan va botayotgan vaqtlarda;
– Asr namozini adosidan keyin shom namozini o'qib bo'lguncha;
– Bomdod namozini vaqti kirgandan boshlab quyosh chiqqunigacha;
– Imom xutba qilayotgan paytda;
– Hayit kuni quyosh chiqqandan keyin ham to hayit namozi o'qilgunigacha.
Tahiyyatul masjid namozini o'qib bo'lmaydigan vaqtlarda masjidga kirgan kishi “Subhaanallohi, valhamdulillahivalaailahaillallohuvallohuakbar. Allohummasollivasallim'alanabiyyinaaMuhammad”ni aytsa masjid haqqini ado qilgan bo'ladi.
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangizmasjidgakirsa, o'tirishdanoldinikkirakatnamozo'qisin”, deganlar (ImomBuxoriy, ImomMuslimrivoyati).
Bir masjidga bir kunda bir necha bor kirilsa, bir marta o'qilgan tahiyyatul masjid namozi kifoya qiladi.
"Sunnatga muvofiq namoz o'qing" kitobidan olindi.