Saudiya Arabistoni farovonlik ishlari departamenti Bosh kengashi “Nutq lazzati” Qur'on va azon aytish musobaqasining ikkinchi bosqichiga jami 50 ming ishtirokchidan 2116 nafari qabul qilinganini e'lon qildi.
IQNA saytining “al-Axbar-24”ga tayanib xabar berishicha, “Ushbu musobaqaning eng yosh ishtirokchisi 5 yoshda, eng yoshi kattasi esa 104 yoshda”.
Qur'oni karim tilovati va azon aytishga bag'ishlangan “Nutq lazzati” 2-xalqaro tanlovining birinchi bosqichida dunyoning 165 davlatidan 50 ming nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.
Tanlovning dastlabki bosqichlari shaxsan va ishtirokchilarning videoroliklarini hakamlar hay'atiga yuborish orqali o'tkazildi. Hakamlar hay'ati ishtirokchilarning Qur'oni karim o'qilishi va azon aytilgan holda olingan videolavhalarini ko'rib chiqadi va saralanganlar keyingi bosqichga o'tadi.
Tanlovning yakuniy saralash bosqichi Ramazon oyida o'tkaziladi va “MBC” telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Saudiya Arabistoni farovonlik ishlari departamenti avvalroq ushbu tanlov g'oliblari uchun 12 million Saudiya reyoli miqdoridagi mablag' mukofot tarzda taqdim etilishini e'lon qilgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov rahbarliklarida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar mutavallilari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi Z.Axmedxodjayeva, Yangi Namangan tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i O.Usmanov, notarius A.Artiqovlar ishtirok etdilar.
Unda notiqlar tomonidan mutavalli masjid imom-xatibining xo‘jalik ishlari bo‘yicha yordamchisi, masjidlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, xodimlarning oylik ish xaqi bilan ta’minlash, qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartib va me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirish, masjid mulkini iqtisod qilish maqsadida geleokollektorlar o‘rnatish, mavjud qozonxonalarni xavfsiz hududlarga olib chiqish, ish yuritish nomenklaturasiga, ichki mehnat tartib qoidalariga va muomala madaniyatiga rioya qilish, masjidlarning tozalik va obodonlashtirish ishlariga mas’ul ekanini aytib o‘tildi.
Masjidlarning ta’sis xujjatlari, ish haqlarini me’yorlashtirish, yangi xodim ishga qabul qilinganda Adliya boshqarmasini onlayn xabardor qilish, masjidlardagi mavjud “tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni yuritish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yig‘ilish davomida masjidlarning qo‘shimcha yer maydonlarini qonuniylashtirish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari va huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilish davomida qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati