Pokistonlik musulmon me'mor Saudiya Arabistonidagi Islom san'ati biyennalesi hakamlar hay'atini bambukli kichik masjidlari bilan hayratda qoldirdi.
Yasmin Lari bambukdan yasalgan 3 ta miniatyura masjidini yaratdi va bu to'qilgan tuzilmalarni osongina yig'ish va demontaj qilish, shuningdek, boshqa joyga ko'chirish mumkin, deb xabar beradi IslamNews Dezeen nashriga tayanib.
Ko'chma bambuk masjidlari g'oyasi ko'pincha yirik qurilish maydonchalarida paydo bo'ladigan muammoni hal etdi. Chunki aksariyat quruvchilar ish jarayonida namoz o'qishda turli noqulayliklarga duch kelardi.
Lari ma'lumotlariga ko'ra, bambuk masjidlari minimal harajat bilan qayta-qayta ishlatilishi mumkin.
"Menimcha, bambuk masjidlari juda asliga mos, ular hech qanday tashqi bezaklar bilan bezatilmagan. Tuzilishi juda oddiy, hamma narsa ko'z oldingizda", - deya izoh berdi me'mor.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati