Saudiya olimlari jamoasi Islomgacha va uning ilk davrida Arabiston yarim orolidagi eng yirik yarmarka bo'lib xizmat qilgan Makka viloyatidagi qadimiy bozor xarobalarini topdi, deya xabar beradi Arab News.
Habash bozori mavsumiy savdo maydonchasi bo'lgan. Unda savdo Rajab oyining birinchi kunida boshlangan va sakkiz kun davomida o'tkazilgan. Yarmarka har yili eramizning 813 yiligacha o'tkazilgan.
Qirol Abdulaziz nomidagi Tadqiqot va arxiv fondi Bosh kotibi Fahd Al-Samariyning so'zlariga ko'ra, hozirda Habash bozori tilga olingan tarixiy manbalarni izlash bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Antiqa yarmarka xarobalarini qidirish bo'yicha ekspeditsiya a'zosi Abdulloh Al-Zahraniyning so'zlariga ko'ra, olimlar 40 yil davomida uning joylashgan joyini aniqlashga harakat qilishgan va endigina muvaffaqiyatga erishgan. Buning uchun ular arxivlarni ko'tarib, o'sha davrdagi karvon yo'llarini tiklashlari va keyin o'zlari shu yo'llar bo'ylab borishlari kerak edi.
Tarixchilarning fikriga ko'ra, Habash bozori Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning tarjimai hollarida qayd etilgan, ular bu erda vahiy kelmasdan ilgari savdo qilganlar.
Yarmarka savdo pavil'onlarining juda yaxshi saqlanib qolgan xarobalarining topilishi olimlarga Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning davrlari iqtisodiyoti, adabiyoti va madaniyatini o'rganish uchun noyob imkoniyat beradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Cafarga chiquvchilarning haqqiga duo qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan sanaladi. U zot alayhissalom:
أَسْتَوْدِعُ اللهَ دِيْنَكَ وَأَمَانَتَكَ وَخَوَاتِيمَ عَمَلِكَ
“Astavdi’ulloha diynaka va amaanataka va xavotiyma amalika”, deb sahobalarni safarga kuzatar edilar.
Ma’nosi: “Diningizni, omonatingizni va amallaringiz xotimasini Allohga topshiraman”.
Hojilarni kuzatishda quyidagi duolarni qilish tavsiya etiladi:
1. Allohim, hojilarning safarlarini oson qilgin. Ularni Senga topshirdik.
2. Allohim, hojilarni safarlari davomida har qanday balo va yomonliklardan asragin hamda oilalari bag‘riga sog‘-salomat qaytargin.
3. Allohim, hojilarning duo, ibodatlarini va qalblaridagi barcha shar’iy niyat hamda maqsadlarini ijobat etgin. Gunohlarini mag‘firat, tavbalarini qabul qilgin.
4. Allohim, hojilarning ibodatlarini O‘zing uchun xolis qilingan amallar qatorida qabul aylagin.
Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!
Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohlaringiz mag‘fur bo‘lsin!
Davron NURMUHAMMAD