Jakartada O'zbekiston va Indoneziya turizm, biznes va madaniyat anjumani o'tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir mamlakatimiz elchixonasi va Indoneziyaning Halol turmush tarzi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda indoneziyalik ziyoratchilarni O'zbekiston sayyohlik maskanlariga jalb qilish, birgalikda charter reyslarni amalga oshirish va o'zaro manfaatli sheriklikning boshqa masalalari yuzasidan kelishib olindi.
O'zbekiston turistik agentliklari va Indoneziyaning haj va umra dasturlariga ixtisoslashgan “ASITA”, “ASTINDO”, “Sapuhi”, “Amphuri” assotsiatsiyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida, shuningdek, Samarqand turizm markazi va “Asita” turistik uyushmasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Vafot etganingizdan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur qilasizmi? Bir necha soat o‘tib, siz uchun yig‘layotgan odamlarning yig‘isi to‘xtaydi. Yaqin qarindoshlaringiz ham hayot tashvishlariga ovunadi.
Ko‘p o‘tmay, rahbaringiz o‘rningizga boshqa xodim topadi. Yaqinlaringiz, farzandlaringiz ishga, tirikchilik tashvishiga tushib ketadi.
Bir oy o‘tgandan so‘ng turmush o‘rtog‘ingiz ham sizni kamroq eslay boshlaydi. Ha, odam o‘zi o‘ylaganidan ko‘ra tezroq unutiladi.
Modomiki, odamlar sizni shunchalar tez esdan chiqarar ekan, bu o‘lchovli umringizni kim yoki nima uchun sarflamoqdasiz? Bir umr “Odamlar nima derkin?” deb yashab o‘tmayapsizmi? Yashashdan maqsadingiz nima o‘zi?
Bir lahza tin olib, shular haqda o‘ylab ko‘ring. Bu olamga keltirilish sababingiz haqida mulohaza yuriting. Yaqinlaringizni hayotlik chog‘ida qadrlangki, vaqti yetganda qadr topasiz. Alloh taolo O‘zi rozi bo‘ladigan hammamizga mazmunli hayot, xayrli oqibat nasib etsin!
Akbarshoh Rasulov