Sayt test holatida ishlamoqda!
09 May, 2025   |   11 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:11
Peshin
12:24
Asr
17:21
Shom
19:32
Xufton
20:58
Bismillah
09 May, 2025, 11 Zulqa`da, 1446

“Al-Azhar” rahbari Turkiya va Suriya xalqiga hamdardlik yo'lladi

09.02.2023   928   1 min.
“Al-Azhar” rahbari Turkiya va Suriya xalqiga hamdardlik yo'lladi

Al-Azhar al-Sharif majmuasi ikki davlatda yuz bergan vayronkor zilzila oqibatida insonlar qurbon bo'lgani va katta talofotlar ko'rilgani munosabati bilan Turkiya va Suriya xalqlariga hamdardlik bildirdi.

Islom olamida nufuzli majmua rahbari, doktor, shayx Ahmad at-Tayyib qurbonlarning oilalariga hamdard ekani, ularning his-tuyg'ularini tushunishini izhor qilib, Haq taolodan jabrlanganlarga rahmatini yog'dirishini, ularning oila a'zolariga sabr va tan jarohati olganlarga shifo berishini so'rab xayrli duolar qildi.

“Al-Azhar” rahbari Islom olami va butun dunyoni ofat va zilzilalardan asrashini, butun insoniyatga tinchlik va osoyishtalik ato etishini Yaratgan parvardigordan iltijo qilib so'rashini aytdi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi

 Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Navoiy imomlarining sayyor seminari Uchquduqda o‘tkazildi

08.05.2025   2491   1 min.
Navoiy imomlarining sayyor seminari Uchquduqda o‘tkazildi

 

O'zbekiston yangiliklari