XIX Qozon xalqaro musulmon kinosi festivalining ariza berish kampaniyasi boshlandi, deya xabar beradi festival' tashkiliy qo'mitasi matbuot xizmati.
IQNA ma'lumotlariga ko'ra, arizalarni to'plash 2023 yilning 1 iyunigacha davom etadi, shundan so'ng tanlov dasturi e'lon qilinadi.
Tanlov dasturini Rossiya Islom instituti filologiya va mintaqashunoslik kafedrasi mudiri Timur Shayxullin va “Yevrosiyo Global Konnekting” agentligi Bosh direktori Svetlana Slapke (Germaniya)lar tuzishadi. Tanlov komissiyasini Rossiya Prezidenti huzuridagi Rossiya Federatsiyasi xalq xo'jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi madaniyatlararo muloqot amaliyoti va texnologiyalarini modellashtirish laboratoriyasi doktoranti Nina Kochelyaeva boshqaradi.
Tanlov dasturiga to'liq metrajli va qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, festival' "Milliy tanlov" nominatsiyasini tashkil etdi. Fil'm loyihasi dasturiga umumbashariy ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va madaniy an'analarni aks ettiruvchi, tinchlik o'rnatish, diniy bag'rikenglik va insonparvarlik g'oyalarini o'zida mujassam etgan rus va xorijiy fil'mlar kiritilishi mumkin.
Bu yil festival' 5-9 sentyabr' kunlari bo'lib o'tadi. Kino anjumani Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan kino loyihalari ro'yxatiga kiritilgan. XIX Qozon xalqaro musulmon kinosi festivali Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov va Rossiya Madaniyat vazirligi ko'magida, shuningdek, "Rossiya — Islom dunyosi"strategik qarash guruhi bilan hamkorlikda o'tkaziladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim sohasini yanada yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish, o‘quv-me’yoriy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, mavjud fanlarni, xususan ijtimoiy-gumanitar va fanlarni o‘qitish sifatini yuqori bosqichga olib chiqish, o‘qituvchilar metodologiyasini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Majlis davomida ta’lim muassasalari misolida amalga oshirilish lozim bo‘lgan masalalar o‘rtaga tashlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.