Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

G'AYB ILMI ALLOHGA HOS “Bir soatdan keyin nima bo'lishini bilmaymiz...”

09.01.2024   853   2 min.
G'AYB ILMI ALLOHGA HOS  “Bir soatdan keyin nima bo'lishini bilmaymiz...”

 

Kelinim homiladorligining uchinchi oylarida shifokor tavsiyasi bilan ul'tra tovush  tashxisini qildirdik. Shifokor homilani tekshirib, sog'lom, yuragi yaxshi urayotganini aytdi. “Tabriklayman, nevarangiz qiz ekan”, deb, qog'ozga yoza boshladi. Qizmi, o'g'ilmi Allohning ne'mati, ko'rsatganiga shukr.

Biror oy o'tib, kelinim ko'chadan gap topib keldi. “Oyijon uyga qaytayotsam, ko'cha boshidagi qo'shni ayol: “Mening ko'zimga ko'rinadi, kelinposhsha, qiz ko'rasiz” deb, oy kunigacha aytib berdilar.

Hayron bo'lib qoldim. Bir soatdan keyin nima bo'lishini bilmaymiz. Ular bo'lsa  oy kunigacha aytishga jur'at qilishadi. Hattoki Payg'ambarimiz  sollallohu alayhi vasallam ham g'ayb ilmidan bexabar bo'lganlar.

Oysha onamiz (roziyallohu anho) bunday deganlar: “Kim Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ertaga nima bo'lishini aytadilar, deb o'ylasa, Alloh taologa katta bo'hton qiladi. Alloh taolo bunday marhamat qilgan:“Ayting: “Osmonlar va erdagi birorta g'aybni bilmaydi. Faqat Alloh biladi” (Naml, 65. Imom Muslim rivoyati).

Alloh taolo Qur'oni karimning A'rof surasida marhamat qiladi:

“Sen: “O'zim uchun Alloh xohlaganidan tashqari, na foyda va na zararga molik emasman. Agar g'aybni bilganimda, yaxshilikni ko'paytirib olgan bo'lar edim va menga yomonlik etmas edi ...” deb ayt” (188-oyat).

Ibn Umar (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: “G'ayb ilmlari beshtadir, ularni Alloh taolodan o'zga bilmaydi. Bachadonlar qachon tashlashini, ertaga nima bo'lishini, qachon yomg'ir yog'ishini, har bir tirik jon qayerda o'lishini va qiyomat qachon qoim bo'lishini Alloh taolodan o'zga bilmaydi” (Imom Buxoriy rivoyati).

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi

Munira ABUBAKIROVA

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Yurakni baquvvat qiladi

23.07.2025   3184   1 min.
Yurakni baquvvat qiladi

وحدثنا محمد بن علي أبو جعفر نا عبيد الله بن محمد التيمي نا عبد الرحمن نا طلحة بن يحيى عن أبيه عن طلحة بن عبيد الله قال: دخلت على رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم وفي يده سفرجلة فألقاها إلي أو قال: رمى بها إلي وقال:  دونكها يا أبا محمد فإنها تجم الفؤاد.


Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlariga kirdim. U zotning qo‘llarida bir behi bor edi. Uni menga tashlab [yoki menga otib]: “Ol, senga, ey Abu Muhammad, chunki u yurakni baquvvat qiladi”, dedilar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD