Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi tomonidan namuna olishga arziydigan harakat amalga oshirildi. Ar-Riyodda bo'lib o'tgan “Joy Awards” mukofotlarini topshirish marosimida unga 2022 yilning eng yaxshi arab sportchisi sifatida mukofot topshirildi. Bu sovrin Yaqin Sharqdan kelgan sportchilarga beriladi.
Mukofotni olish uchun Hakimi onasi hamrohligida o'rnidan turdi va darhol olgan mukofotini unga topshirdi.
Eslatib o'tamiz, Hakimi Marokash terma jamoasi safida 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan edi. O'tgan yili Hakimi "PSJ" bilan birgalikda Frantsiya chempioni bo'ldi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi.
Halqaro aloqalar bo'limi xodimi I.Ahmedov
tayyorladi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
عَنْ مُسْلِمِ بْنِ عَبْدِ اللهِ الْحَنَفِيِّ قَالَ: بِرَّ وَلَدَكَ فَإِنَّهُ أَجْدَرُ أَنَّ يَبَرَّكَ فَإِنَّ مَنْ شَنَأَ عَقَّهُ وَلَدُهُ
Muslim ibn Abdulloh Hanafiydan rivoyat qilinadi: “Bolangga yaxshilik qil. Shunda u senga yaxshilik qiladi. Kim yomonlik qilsa, bolasi unga oq bo‘ladi”.
Bolang kichikligida sen unga yaxshilik qilib, tarbiyasini va muomalasini yaxshi qilgin, qariganingda u senga yaxshilik qaytaradi. Ammo kim yoshligida farzandiga yomonlik qilib yurgan bo‘lsa, qariganida farzandidan ko‘radi.
Ota-ona o‘zining farzandi oldidagi majburiyat va mas’uliyatini sharaf bilan ado etib qo‘ysa, qariganida albatta qilgan yaxshiliklari bolasidan qaytadi.
Xuddi shu ma’noga o‘xshash yana bir gap bor. Kim yoshligida ota-onasiga yaxshilik qilsa, qariganida unga ham bolasi yaxshilik qiladi. Bu holat aksincha bo‘lishi ham mumkin.
Otamiz rahmatli shu ma’nodagi hikoyani bir necha marta takrorlaganlarining guvohi bo‘lganmiz.
Shunday ekan, har bir kishi ota-onasiga ham, farzandiga ham doimo yaxshilik qilish payidan bo‘lishi kerak. Qisqasi, har kimga shariat tomonidan berilgan haqning rioyasini qilish lozim.
«Yaxshilik va silai rahm» kitobi 1-juz.