So'nggi yillarda halol mahsulotlar va xizmatlar bozori jadal rivojlanib bormoqda.
Bu jarayonda o'sish sur'ati yiliga 5 foizdan 15 foizgacha ko'tarilib, global halol sanoatining yillik aylanmasi 2 trillion dollarni tashkil etdi. 2024 yilga kelib bozor hajmi 3,5 trillion dollarga etishi kutilmoqda. Bu haqda Tatariston Respublikasi Musulmon diniy idorasining halol qo'mitasi xabar berdi.
Halol mahsulotlarning asosiy bozorlari Saudiya Arabistoni va BAA hisoblanib, Saudiya Arabistoni yiliga 1,2 milliard dollarlik go'sht import qiladi. Go'sht mahsuloti esa jahon eksportida halol mahsulotlar ulushining taxminan 35 foizini tashkil etadi.
Rossiya Federatsiyasining Rossel'xoznadzor tashkiloti 2022 yilda Rossiyadan halol mahsulotlar eksporti deyarli 50 foizga oshganini xabar qildi. 2030 yilga kelib, 2020 yilga nisbatan Rossiya Fors ko'rfazi mamlakatlari va Misrga halol mahsulotlar eksportini 6 baravar oshirishi mumkin.
Manba: iqna.ir
Shu yil 8 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida vakillik tasarrufidagi masjid imom-xatiblari o‘rtasida “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” nomli intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyatidagi vakili, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov kirish so‘zi bilan ochib, bellashuvning ma’naviy, ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari Otabek domla Avezovga esa tanlov tartib-qoidalarini tushuntirdi.
Bellashuv quyidagi to‘rt shart asosida o‘tkazildi:
1. Taqdimot sharti
2. Moturidiy ta’limoti bo‘yicha savol-javob;
3. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatiga oid savol-javob;
Tanlov ishtirokchilari moturidiylik ta’limotining asosiy qoidalari, aqidaviy yechimlari va mantiqiy-ilmiy asoslari yuzasidan o‘z bilimlarini namoyon etdi.
Bellashuv yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
• 1-o‘rin: Moturidiy me’rosxo‘rlari;
• 2-o‘rin: E’tiqod durdonalari;
• 3-o‘rin: Aqida imomlari.
Mazkur tanlov Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uni keng targ‘ib qilish va bu orqali sof e’tiqod, ilm va ma’rifat asoslarini jamiyatda mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati