Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

700 ta kitob yozgan olim

08.01.2024   606   2 min.
700 ta kitob yozgan olim

Jaloliddin Suyutiy (849-911)

Olimning to'liq ismi Abdurahmon ibn Abu Bakr Jaloliddin bo'lib, ona diyorlari bo'lmish Misrning janubidagi Asyut shahriga nisbat berilib, Suyutiy deb nomlandi.

Hadis, tafsir, tilshunoslik, tarix, adabiyot, fiqh va boshqa ko'plab ilm sohalarining mohir bilimdoni bo'lgan qomusiy olimlardan sanaladi. Hijriy 849 (milodiy 1445) yilda Qohirada tug'ildi va shu shaharda o'sib-ulg'aydi.

Imom Suyutiy Shom, Hijoz, Yaman, Hindiston hamda G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlariga safar qildi. Misrda bir qancha nufuzli mansablarda faoliyat ko'rsatgan. 40 yoshida barcha mansablardan voz kechib, qolgan umrini kitob yozishga bag'ishladi. Butun umri davomida 600 ga yaqin kitob yozgani rivoyat qilingan. Misrlik mashhur professor Ahmad Sharqoviy o'zining "Jalol Suyutiy kutubxonasi" kitobida allomaning yozgan asarlari 725 taga etishini qayd etgan.

Olimning mashhur asarlari:

  • “Al-jome' al-kabir fiy ahadiysin Naziyr al-Bashiyr”;
  • “Al-jome' as-sag'ir fiy ahadiysin Naziyr al-Bashiyr”;
  • “Al-itqon fiy ulumil Qur'on”;
  • “Ad-durrul mansur fit tafsir bi-l-ma'sur”;
  • “Tanvirul havaalik fiy sharhi Muvattoil Imami Malik”;
  • “Al-xosoisu val-mu'jizot an-Nabaviyya”;
  • “Tabaqot al-huffoz”;
  • “Tabaqot al-mufassirin”;
  • “Bug'yatul vu'ot fiy tabaqot al-lug'aviyyin van-nuhot”;
  • “Al-fariyda alfiya fin-nahv”;
  • “Alfiya fiy mustalahil hadis”;
  • “Al-laoliul masnu'a fil ahadisil mavzu'a”;
  • “Tafsirul Jalolayn”. Ushbu tafsir Jaloliddin Mahalliy bilan hamkorlikda yozilgan.

Bundan tashqari bir qancha she'riy devonlari ham bo'lgan. Alloma Jaloliddin Suyutiy hijriy 911 (milodiy 1505) yilda Qohirada vafot etgan.

Muftiy Ibrohim Desai rahimahullohning "Hadis ilmiga kirish" kitobidan olindi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

04.08.2025   309   1 min.
Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

#Imom_Moturidiy

يقول أبو المعين النسفي : "والشيخ الإمام أبو منصور الماتريدى رحمه الله كان من أشد الناس اتباعًا لأبي حنيفة فى الأصول والفروع جميعا"

Abul Mo‘iyn Nasafiy rahimahulloh aytadilar: "Usulda ham, furu’da ham, Imom Abu Hanifa yo‘lini tutgan odamlarning eng mahkami Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahullohdir".  

"At-Tamhid li-qavoidit-tavhid" kitobi (23-bet)

Manba: @AhliSunnaValJamoaUz

INFOGRAFIKA