Britaniyaning farmatsevtika institutida faoliyat yurituvchi 29 yoshli Asir Avad bir necha yillik tadqiqotlari davomida farmatsevtika sohasida bir qator yangi texnologiyalarni kashf qildi. U mehnatlari samarasi ularoq akademik mukofotlarga sazovor bo'ldi. Hususan, 2022 yilda Halqaro farmatsevtika federatsiyasining “porlagan yulduzi” sifatida e'tirof etildi, deb yozadi IslamNews.
Yosh muslima ilk tadqiqotlarini tibbiyotga qaratdi va hamkasblari bilan birgalikda 3D-printerda bemorlar uchun eng qulay shaklda dori-darmonlarni chop etish texnologiyalarini ishlab chiqdi. Unga ko'ra, kapsulalar shaklini o'zgartirgan holda ichimlik suvisiz yutib yuboriladigan tabletkalarni yaratishdi.
“Ilm-fanda birorta ham zerikarli kun yo'q – har kuni yangi tadqiqotlar ustida ishlanib, tajribang oshib boraveradi”, – deydi Asir o'z faoliyati haqida.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu yil 8 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida vakillik tasarrufidagi masjid imom-xatiblari o‘rtasida “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” nomli intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyatidagi vakili, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov kirish so‘zi bilan ochib, bellashuvning ma’naviy, ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari Otabek domla Avezovga esa tanlov tartib-qoidalarini tushuntirdi.
Bellashuv quyidagi to‘rt shart asosida o‘tkazildi:
1. Taqdimot sharti
2. Moturidiy ta’limoti bo‘yicha savol-javob;
3. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatiga oid savol-javob;
Tanlov ishtirokchilari moturidiylik ta’limotining asosiy qoidalari, aqidaviy yechimlari va mantiqiy-ilmiy asoslari yuzasidan o‘z bilimlarini namoyon etdi.
Bellashuv yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
• 1-o‘rin: Moturidiy me’rosxo‘rlari;
• 2-o‘rin: E’tiqod durdonalari;
• 3-o‘rin: Aqida imomlari.
Mazkur tanlov Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uni keng targ‘ib qilish va bu orqali sof e’tiqod, ilm va ma’rifat asoslarini jamiyatda mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati