Saudiya Arabistoni rasmiylari Masjidul Harom hovlilarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish loyihasini ishga tushirdi.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Masjidul Haromning yashil maydonlari aks etgan videolar tarqaldi, deb yozadi IslamNews.
Loyiha ijodkorlari obodonlashtirish ishlari ziyoratchilarning kelib-ketishiga ta'sir qilmasligini ta'kidlashdi. Shuningdek, ular ko'kalamzorlashtirish ishlarida havo almashinuvini yaxshilashga xizmat qiluvchi, hasharotlarni o'ziga tortmaydigan o'simliklar tanlab olinib, ekilayotganini qayd etishdi.
Rasmiylarning ma'lum qilishicha, havodagi kislorodni quvvatlantirish uchun 734 kvadrat metr maydon ajratilgan. Bu o'z navbatida, global isish ta'sirini tiklashga, havo ifloslanishining oldini olishga va umuman havo sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Shu yil 3 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov raisligida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan masjidlarning imom-xatib va mutavallilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Ko‘rilgan masalalar masjidlardagi qurilish-ta’mirlash ishlari shaharsozlik me’yorlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi va qurilishga oid hujjatlarni talabga muvofiq yuritish hamda qurilishlar sodda, oddiy va dabdabadan holi bo‘lishi bo‘yicha mas’ullarga zaruriy tavsiyalar berildi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini sifati va belgilangan vaqtda yakunlash zarurligi yana bir bor eslatildi.
Barcha imom-xatib va xodimlarga masjidlar hamda ularga olib boruvchi 100 metr masofadagi yo‘llardagi tozalash va obodonlashtirish ishlari doimiy bo‘lishi, namozxonlar uchun sharoitlarni yanada qulay bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tahoratxonalardagi sharoitlarni zamonaviy talab darajasiga keltirish kabi vazifalar yuklatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
atbuot xizmati